Tajvid tanlov
Assalomu alaykum! Bir savol yuzasidan murojaat qilyapman. Telegram kanalimizda bir tanlov boshladik. Ya’ni istalgan ishtirokchi biror surani ovozli tarzda o‘qib bizga yuboradi biz esa uni, misol " #4_ishtirokchi, Yasin surasi" tarzida kanalga joylaymiz. Ular orasidan 3 kishini tanlab, kitoblar hadya qilmoqchi edik ( avvalo tanlov holis o‘tkazilyapti, hech qanday o‘zimizga shaxsiy manfaat ko‘zlanmagan). Faqat bir muammo, o‘sha 3 kishini tanlab olish. Kimdir biror ilmli kishiga eshittirib, tajvidlari qiroati yaxshi bo‘lgan 3 kishini tanlab oling deyapti. Boshqa birov esa random.org sayti orqali (yoki shunga o‘xshash) tasodifiy 3 kishini tanlab oling, chunki hali endi endi tilovatni o‘rganayotganlarga ham rag‘bat bo‘ladi deyapti. Shu holatda nima maslahat berasiz, qanday tanlab olganimiz ma’qul va to‘g‘ri? Ya’ni tasodifiy 3 kishini tanlab olaylikmi yo qiroati yaxshilarinimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tajvidi yaxshiroqlarni. Vallohu a’lam!
27 Avgust 2022, 16:56 | Savol-javoblar | 178 | Qur’oni karim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tajvidi yaxshiroqlarni. Vallohu a’lam!
27 Avgust 2022, 16:56 | Savol-javoblar | 178 | Qur’oni karim