Oltin Silsila kitobidan savol

Assalomu alaykum! Oltin Silsila 3-juz kitobidan savol. Fotiha surasidagi "maaliki"(ega) kalimasi "maliki"(podshoh) tarzida xam o‘qiladi, deyilgan. Bu surada kalima "maaliki" deb nozil qilinganmi yoki "maliki" debmi? Ikki xil o‘qiladigan bo‘lsa, suraning ma’nosi o‘zgarib ketmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ikkisi ham. Suraning ma’nosi o‘zgarishidan murod Allohning sha’niga zid bo‘ladigan bo‘lsa joiz emas. Bu sur’atda esa ikkisini ham Alloh taologa ishlatish joiz. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 16:25 | Savol-javoblar | 150 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar