Qarzni qaytarish haqida

Assalomu alaykum! «Hurmatli Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati. Alloh sizlarning ishingizdan rozi va madadkor bo‘lsin. Otam vafotidan keyin uyimizga otamning sinfdoshlaridan biri kelib, «Men otang uylanishidan oldin to‘yonadan tashqari 1000 «so‘m» yordam sifatida berganman va yana alohida kelib, mayda-chuyda ishlariga yordam berganman. Otang esa meni to‘yimda pul ham, yordam ham bermagan. Taqdir taqazosi bilan yo‘llarimiz boshqa bo‘lib ketdi. Men otangdan o‘zimning farzandimda to‘y qilishda olaman deb yurgan edim, ammo nasib qilmagan ekan, o‘zidan so‘ray olmadim. Shunga sendan so‘rayapman. Hamda o‘sha paytlarda 1 dollar 90 tiyin bulgan, xamda 1000 rublga bir xonali kvartira olsa bo‘lar edi, u paytda pul qadri boshqacha edi. U pul 15 ta respublikada (SSSR) o‘tar edi” dedi. Shuni ta’kidlash joizki U inson otamga 1000 rubl bergani, chunki otamning to‘ylari 1990 yilda bo‘lgan. Buni u kishi inkor qilayotgani yo‘q. Men ularga «Siz pulni rublda bergansiz, kamiga yordam sifatida bergansiz, mayli agar da’vo qilayotgan bo‘lsangiz men sizga 1000 rubl beray» desam u bunga ko‘nmadi va bir xonali kvartiraga da’vo qilmoda. Men ularga “Biladiganlardan”, ya’ni sizlardan hukmini so‘rab bilib olay dedim. U rozi bo‘ldi. Keyin u kishida na hujjat, va na guvohlar bor. Shunga, sizlardan iltimos masalani echimini topishga yordam bersangizlar. Savolimda kamchiliklar bo‘lsa uzr, hamda aniqlik kiritish kerak bo‘lsa xabar berishingiz mumkin. Eng muhimi bizga hozir adolatli hukm chiqarish. Oldindan sizlarga rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Xat-hujjati bo‘lmasa, uning da’vosi shar’an bekor hisoblanadi. Agar ko‘nglingiz bo‘lmasa, ma’lum kelishilgan miqdorga sulh tuzinglar. Agar 1000 rublni qadrini bilmoqchi bo‘lsangiz, 1990-yilda 1000 rublga qancha tillo kelgan bo‘lsa, o‘sha bilan belgilanadi. Vallohu a’lam! https://fiqh.uz/index.php/fiqh-uz/dolzarb-mavzu/237-pulning-adrsizlanishi-bilan-bo-li-masalalar-echimi

26 May 2022, 11:04 | Savol-javoblar | 158 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar