Shu dorini sotishimiz joizmi?

Assalomu alaykum! Men dorixonada ishlayman. Dori tarkibida harom narsa ya’ni cho‘chqa shunga o‘xshash narsalar bo‘lsa shunday dorini sotishimiz joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Insulin kabi zarurati aniq, lekin haloldan o‘rinbosari bo‘lmaganlarini sotish joiz. Chunki fiqh kitoblarida “O‘g‘it sifatida foydalaniladigan hayvonning tezaklarini savdosi joiz” deyilgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:40 | Savol-javoblar | 154 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar