Qarshidagi dam soluvchi
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Ustoz meni pochcham Qarshi shahriga borgan edi ish yuzasidan, biz Andijonda turamiz. U erda qandaydir domla bor ekan, u domla Qur’ondagi qaysidir oyatni o‘qirkan va o‘sha erdagi insonlarga dam solar ekan va ular tamaki chekmaydigan va aroq ichmaydigan bo‘lib qolar ekan. Meni pochcham ham tamaki chekmayotgan emish. Domla: “shu oyatni qanchadir miqdorda o‘qisam devor qimirlaydi, tirik inson o‘ladi. Bu darajaga etish uchun qabrda 40 kun yalang‘och yotganman” debdi. Pochchamga sizning folbinlik haqidagi risolangizni ko‘rsatdik, bunday ish shariatda yo‘qligini, gunohligini aytdik, lekin hadeb “unda qanaqilib chekmay qo‘ydim” deyapti. Biz gipnos bo‘lishi mumkin dedik, 30 kundan keyin yana boraman deyapti. Ustoz, iltimos sizdan bu ishni noto‘g‘ri ekanligini tushuntirib bering, sizni javobingizni pochchamga ko‘rsatar edim, chekmay qo‘yishi gipnos ta’sirida bo‘lishi mumkinmi? Oxirgi paytda bizda ham bunaqangi domlalar juda ko‘payib ketti.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘sha odamning “shu oyatni qanchadir miqdorda o‘qisam devor qimirlaydi, tirik inson o‘ladi" deyishining o‘zi yolg‘on. Unga manavi devorga o‘qichi, deyish kerak.
26 May 2022, 19:47 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar