Taloq tushushi haqida
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! https://www.islom.uz/savollar/smf/index.php/topic,30063.msg151342.html#msg151342 (Ustoz, siz bilan diydorlashishdan umidvor holda yana maktub yo‘llamoqdaman! Bu safargi savolim quyidagicha: Er va xotindan biri zino qilganda taloq tushadimi va bunda nikohlanish kerakmi? Alloh bizni ham sizdek olimlardan bo‘lishimizni nasib aylasin! - Taloq tushmaydi.) Shu javobingizni dalil qilib bir do‘stimga: “Er zino qilganda xotiniga taloq tushmaydi” desam, U: “Musulmon odam zino qilganda iymoni undan chiqib turadi, er yoki xotin iymondan chiqsa taloq tushadi” dedi. Oydinlik kiritib bersangiz? Uztoz iltimos bu savolim bilan xato qilgan bo‘lsam kechiring.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Zino vaqtidagi iymon chiqishi boshqa gap. Unday bo‘ladigan bo‘lsa, zino qilgan odam namoz ham o‘qiy olmasligi kerak bo‘ladi. Do‘stigizga ayting, bilmagan narsasiga aralashmasin. Diniy ilmlarni to‘la egallab, xatm kutub qilib, ustozlardan ruxsat olganidan keyin biror narsa deyishi mumkin bo‘ladi.
26 May 2022, 19:47 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar