Otalik haqqi

Hurmatli Shayh hazratlari, Alloh Taolo qilayotgan barcha hayirli ishlaringizga rivoj wa barakot ato etsin. Farzandlarimizga sizdek olimlardan bulishlikni nasib etsin. Shayh hazratlari savolim biroz uzun bulganligi uchun oldindan uzr surayman. Singlimni maktabni tugatganidan sung dustimga (namozhon yigitga) turmushga uzatdik. Yoshligimizdan dustim onamni "onajon" deb chaqirar edi chunki onasi olamdan utgandi. Shuni uchun ham ota-onamni singlimni uzatishga kundirish uncha qiyin bulmadi. Kelin kuyov bir yilcha yashashdi, qizchalik ham bulishdi. Lekin ikki taraf oilaviy arzimas nizolari tufayli, singlim chillasi chiqmagan qizchasi bilan uyga qaytib keldi. Kuyovni uzi birormarta kelmasa ham, otalari kelib singlimni olib ketmoqchi bulishdi. Lekin biz ham engillik qilib kuyovni uzi kelmasa bormaydi deb turib oldik. Shu bilan kuyov biror marta ham kelmadi. Boshqaga uylandi. Mana oradan 4 yil utdi, singlimni qizchasi 3 yoshda, endi dadam qaerda mani ham dadam bormi deyishni boshlagan, orada (mani farzandim ham 3 yoshda) sani dadang yuq deb urishib qolsa, mani ham dadam bor deb hungrab yiglab ham oladi. Unga juda rahmim keladi, farzandimni urishaman unday dema deb, lekin bola bolada... Ota-onam singlimni juda yahshi kurishganidan, va kuyovni oldindan tanishgani uchun tuydan keyin ularni uyiga tez tez borib turishdi. Kuyov tarafga bu narsa hush kelmadi, va sekin sekin kelmasinga utishdi. Bola tugilganda, onam hatto kuyovni uyiga borib nevarasini kurolmay qaytgan kunlari ham buldi. (Onang hovliga kirmasin, bolani kursatmaysan degan kuyov). (Allohga shukur onam ibodatdalar, lekin nimagadir dustimga tuydan keyin onam yoqmay qoldi.) Yillar davomida "onajon" bulib, qizini turmushga berib keyin yomon bulib qoldi. Qilgan hurmatsizliklari uchun ota onam kuyovdan juda qattiq ranjishgan va u haqida hatto eshitishni ham hohlashmaydi. Va shu mavzuda boshqalar yozgan savollarga uhshab mani ota-onam ham singlimga bizni desang, hech qachon eringni tilga olmaysan deb shart quyishdi. Bechorani eri ham kelib olib ketmaganidan keyin, shu alfozda 4 yildan beri uyimizda yahshab kelyapti, turmushga chiqqani yuq.Yaqinda sobiq kuyov qizimni kurmoqchiman, manga kursatishsin, yoki telefondan gaplashay deb dustlaridan aytib yuboribti. Ota-onam 4 yildan beri qizini holidan habar olmagan, endi katta buganda kerak buldimi deb ruhsat berishmadi. Lekin singlimni qizi ham otasiga muhtoj, ohirgi kunlarda faqat dadam dadam deydi.1) Shayh hazratlari biz qizchani otasidan ajratib kursatmay turishga haqqimiz bormi? Ota-onam kursatsak keyinchalik qizni olib quyadi deb qurqishadi. Qizchani juda kungli uksimasin deb, ukamni manashu sani otang deb quyishgan qizchaga. Ukamni, yani togasini dada deb yuribti qizaloq. 2) Bolani otasiga kursatmay gunohkor bulyapmizmi? Qanday yul tutaylik? 3) Agar bolani otasi bilan kurishtirsh kerak bulsa, buni qanday yul bilan ota onamga tushintirsam buladi? Qimmatli voqtingizni olib uzun savol berganim uchun kup kup uzr surayman. Vijdonim qiynalib kelayotganidan yozishga majburman. Chunki ushanda kuyov kelib olib ketmasa, singlim bormaydi deb man ham qattiq turib olgandim. Dustim uzi kelib olib ketadi deb uylagandim, lekin kuyov ham bosh eggisi kelmay uyimizga kelmadi. Kuyovning benamoz otasi mani uglim bulsa hech qachon sizlarga bosh urib kelmaydi degandi. Oqibat kuyov kelmadi, ajralib boshqaga uylandi, beva singlim va bir bola etim bulib ota mehrisiz ulgayib kelyapti. Alloh Taolo barcha farzandlarni tirik etim bulib qolishidan saqlasin.


Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:

Siz yozgan tafsilotlar yana bir bor oila masalasida juda ham ehtiyot bo‘lish kerakligini ko‘rsatmoqda. Etti o‘lchab, bir kes degan gap xuddi shu masalada kerak bo‘ladi. Otaning bolasini ko‘rishga haqi bor. Man qilishga birovning haqi yo‘q. Siz o‘zingiz ota-onangizga ayta olmasangiz ham, kattaroq kishilarga aytib, ularga nasiyhat qilidiring.



27 May 2022, 05:52 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar