O‘gay o‘g‘il va o‘gay ota munosabati

Ushbu savolim avvalgi savolimning mazmuniy davomi. Taqdir taqozosi bilan avval nikohda bo‘lgan bir ayolga uylanganman. Ayolimning avvalgi nikohidan bir nafar o‘g‘il farzandi bor. Mana olti yildirki, uni ham o‘z oilamda farzandlarim qatori tarbiya qilmoqdaman. Imkon qadar islomiy tarbiya berishga harakat qilmoqdaman (mening tarbiyamga 4 yoshligida kelgan). Unga biroz kattaroq bo‘lgach o‘z otasi men emasligimni sal yotig‘i bilan tushuntirish niyatim ham bor (balkim bilar, lekin bu haqida hali suhbat qilmaganmiz). Uni hech birovga o‘z o‘g‘lim deb aytmaganman. Uni o‘z farzandlarim qatorida ro‘yxatga ham qo‘shmaganman. Savolim: men va uning oramizdagi haq-huquqlarimiz va majburiyatlarimiz haqiqiy ota-o‘g‘ilnikidek bo‘ladimi? Bu haqda batafsilroq bilish uchun qaysi manbalar bilan tanishib chiqishim mumkin. Avvaldan rahmat, Ustoz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Oralaringizda meros bo‘lmaydi. Hozirgacha qilgan va qilmoqchi bo‘lgan ishlaringiz to‘g‘ri. Uni tarbiyalaganingiz uchun savob olasiz.

26 May 2022, 19:47 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar