Tibbiyotda xato qilib odam o‘lsa

Assalomu alaykum! Meni Bir nechta narsa kiynab kelmokda. Men tibbiyot oliygoxida ukiman. Savollarim kuydagicha: Men bitta ikta mashxur vrachlarni kuzatdim: biografiyasini ukidim, kinolarini kurdim. Ularning muvaffokiyatlari sezirarli darajada kup, lekin shu urinda ularda bemorlarining ulim soni, muvaffakiyatsizliklari xam aslo Kam emas. Aynan shu uchun: xatolarini ustida ishlagani uchun xam ular mashxur deb xisoblayman. Doktorlar xam inson. Inson esa xato kiladi, bunga uning moyinligi bor. Gap shundaki men xam dongi ketgan vrach bulaman, In sha Allax. Demak mendaxam bemorlarimning ulim xolarlari Oz bulsa xam buladi. Bazida meni xatoyim bilan bemorlar kuz yumushi mumkin, bazida esa bunga meni mutlako alokam bumasligi mumkin( agar bemor xastalikni davolab bulmas davrlarida menga murojat kilsa). Shunda agar bemor meni xatoyim sabab jon taslim kilsa, men gunoximni kanday yuvishim mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Operattsiya va davolash jarayonidagi xatolar har xil bo‘ladi shunga qarab hukm chiqarilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bu holda umumiy javob aytish qiyin. Aybingiz bilan o‘ldirib qo‘ysangiz shariat hukmi bo‘yicha xunini to‘laysiz. Bitta odamning xuni tahminan yuz ming dollar. “Kifoya” kitobida quyidagicha keladi:
Xato qatl va uning hukmlari.
Xato qatl amaldagi yoki qasddagi xato tufayli bo‘ladi. Mo‘ljalga otganda odamga tegib ketishi, ov yoki harbiy deb otsa, musulmon chiqishi kabi. Shuningdek, xatoning o‘rniga o‘tadigan narsalar bilan bo‘ladi. Misol uchun, uxlab yotgan odam boshqaning ustiga qulab tushib, o‘ldirib qo‘ysa, xato qatl bo‘ladi. Xato qatlda kafforat va oqilaga diya bor.
Bu qatlning hukmi ham albatta, aniq dalillarga asoslangan.
Alloh taolo Niso surasida: وَمَا كَانَ لِمُؤْمِنٍ أَن يَقْتُلَ مُؤْمِنًا إِلاَّ خَطَئًا وَمَن قَتَلَ مُؤْمِنًا خَطَئًا فَتَحْرِيرُ رَقَبَةٍ مُّؤْمِنَةٍ وَدِيَةٌ مُّسَلَّمَةٌ إِلَى أَهْلِهِ إِلاَّ أَن يَصَّدَّقُواْ  «Mo‘min mo‘minni o‘ldirishi mumkin emas. Faqat yanglishib (o‘ldirsa, mustasno). Kimki mo‘minni yanglishib o‘ldirib qo‘ysa, bas, unga bir mo‘min qulni ozod qilish va (o‘lganning) ahliga taqdim etiladigan xun (vojibdir)», degan (92-oyat). عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  قَالَ: فِي دِيَةِ الْخَطَإِ، عِشْرُونَ حِقَّةً، وَعِشْرُونَ جَذَعَةً، وَعِشْرُونَ بِنْتَ مَخَاضٍ، وَعِشْرُونَ بِنْتَ لَبُونٍ، وَعِشْرُونَ بَنِي مَخَاضٍ ذُكُوراً . رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ   Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Xato tufayli odam o‘ldirishning xuniga yigirmata hiqqa (uch yoshli urg‘ochi tuya), yigirmata jaza’a (besh yoshli urg‘ochi tuya), yigirmata binti maxoz (bir yoshli urg‘ochi tuya), yigirmata binti labun (ikki yoshli urg‘ochi tuya) va yigirmata banu maxoz (bir yoshli erkak tuya)», dedilar».
«Sunan» egalari rivoyat qilishgan.عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  قَالَ: مَنْ قُتِلَ فِي عِمِّيَّا فِي رَمْيٍ، يَكُونُ بَيْنَهُمْ بِحِجَارَةٍ، أَوْ بِالسِّيَاطِ، أَوْ ضَرْبٍ بِعَصًا، فَهُوَ خَطَأٌ، وَعَقْلُهُ عَقْلُ الْخَطَإِ، وَمَنْ قُتِلَ عَمْدًا، فَهُوَ قَوَدٌ، وَمَنْ حَالَ دُونَهُ، فَعَلَيْهِ لَعْنَةُ اللهِ وَغَضَبُهُ، لَا يُقْبَلُ مِنْهُ صَرْفٌ وَلَا عَدْلٌ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَالنَّسَائِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ  Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim to‘s-to‘polon ichida o‘zaro tosh otish, qamchi yoki aso bilan urish asnosida qatl etilsa, xato hisoblanadi. Uning xuni xatoning xunidir. Kim qasddan o‘ldirilsa, qasos olinadi. Kim buni to‘smoqchi bo‘lib nizo qilsa, unga Allohning la’nati va g‘azabi bo‘lur, undan farz ham, nafl ham qabul qilinmas», dedilar».
Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy va Ibn Moja rivoyat qilishgan.
Ommaviy to‘polonlarda o‘lgan odamlar xato tufayli o‘ldirilganlar qatoriga kiradilar. Unda ko‘pchilik aralashib ketib, kim-kimni urganini bilib bo‘lmay qolsa, urish esa tosh otish, qamchi yoki aso bilan bo‘lsa, shu hukm chiqariladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 01:06 | Savol-javoblar | 199 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar