Sud orqali ajrashish taloq uchun etarlimi?

Assalomu alaykum hurmatli Shayx hazratlari! Vaqtingizni olayotganim uchun uzr, lekin men uchun o‘ta muhim bir masala yuzasidan Sizga murojaat qilishga ruxsat bersangiz. Taqdir taqozosi bilan avval nikohda bo‘lgan bir ayolga uylanganman. Shar’iy nikohimiz ham o‘qilgan, FHDYo organida qayd ham qilingan. Xotinim avvalgi eri bilan, o‘rtada farzand bo‘lganligi sababli, sud orqali ajrashgan (vakillari orqali). Nikoh ajratilgani haqida FHDYo organining guvohnomasi ham bor. Avvalgi eri ham boshqa uylangan. Xotinim avvalgi eri bilan ajrashganidan keyin 3,5 yil o‘tgach menga turmushga chiqqan. Xudoga shukr, xotinimdan roziman. Ikki nafar farzandimiz ham bor. Taloq masalasida bergan ayrim javoblaringiz sababli, bir savol meni tashvishga solib qo‘ydi. Xotinim avvalgi eridan: "Sen taloqsan" degan iborani eshitganmi yo‘qmi bilmas ekan. Bunga e’tibor qilmagan. (Aytilmagan bo‘lish ehtimoli ko‘proq). Savolim: Mening u bilan o‘qilgan nikohim durustmi? Bo‘lmasa nima qilish kerak? Vaqtingizga va bergan bilimingizga rozi bo‘ling, Ustoz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Rasmiy ajrash vaqtida taloq ma’nosidagi boshqa so‘zlar aytilgan yoki yozilgan bo‘lsa ham o‘tadi.

26 May 2022, 19:47 | Savol-javoblar | 174 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar