Armiya paytida ro‘za tutish

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Kelayotgan Ramazon oyini Alloh hammamizga muborak aylasin. Izlash xizmatidan xuddi shunday savolni topolmadim... Ustoz, kelayotgan Ramazon oyining yarmida men armiyada bo‘lishimga to‘g‘ri kelyapti. Ma’lumingizkim, u erda ro‘za tutishning iloji yo‘q. Nima qilsam bo‘ladi, ketguncha tutib, qolganini kelganda tutsam bo‘ladimi, bu safardalik hukmiga o‘tadimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Qimmatli vaqtingizni olganim uchun uzr.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Vaqti kelmagan ibodatni oldindan bajarib bo‘lmaydi. Niyatni yaxshi qiling. U erda ham ro‘za tutishni niyat qiling. Imkoni bo‘lmasa, keyin qazo qilasiz. Safar masalasi armiyada va boshqa erda bir xil.

26 May 2022, 19:52 | Savol-javoblar | 155 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar