Kofirlarga salom berish haqida

ASSALOMU ALEYKUM USTOZ! men bir hadis o‘qib qoldim shuni sizdan so‘ramoqchidim. Kofirlarga birinchi bo‘lib salom berishning haromligi
Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Yahud va nasorolarga salomni birinchi bo‘lib bermanglar, agar ularning birontasi bilan yo‘lda ro‘para kelib qolsanglar, yo‘lning chekkasidan yurishga majbur qilinglar”, dedilar.
Anas roziyallohu anhu rivoyat qilgan muttafaqun alayh hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Agar sizlarga Ahli kitoblar salom bersa “va alaykum” deb qo‘yinglar”, dedilar. ULAMOLAR Assalomu Aleykum desa bo‘ladi degan ekan. Hadisga quloq tutaymi ulamolarning gapigami
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hadisda ma’lum joy, shaxs va vaziyat ko‘zda tutilgan. Ulamolar bu boradagi barcha ma’lumotlarni o‘rganib xulosa chiqarganlar.

26 May 2022, 22:07 | Savol-javoblar | 200 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar