Bank bilan shaxs o‘rtasidagi farq
"Kredit yoki muddatga qimmatroq sotish" sarlavhasi ostida berilgan savolimga "Ha, ular buyumning o‘zini sotayotganlari uchun. Buni nasiya savdosi deyiladi. Agar bank ham mashina olib, ustiga foyda qo‘yib, nasiyaga sotganida to‘g‘ri bo‘lar edi." deb javob bergan edingiz. Bu javobdan ko‘nglim to‘lgan edi. Lekin bir kuni bir tanishimga o‘qib berganimda, u bilan bir oz fikr almashgandan so‘ng, "ikkisi bir ishni qilyaptiku, bankda ham pul bor, shaxsda ham, mashina kerak bo‘lgan mijoz puli bor bankni oldiga bordi nimayu, puli bor shaxsni oldiga bordi nima? Bank ham mashina sotuvchiga pul to‘lab, mijozga olib beryapti, shaxs ham mijoz bilan bozorga tushib xoxlaganini olib beryapti, bank ham, shaxs ham yiliga ustama xaq qo‘yib beryapti" degan savol tug‘ildi. Iltimos, shuni tushunishga bir oz yordam berib yuborsangiz. Alloh sizdan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Banki pul berib ustama oladi. Shaxs mashinani o‘zi naqdga sotib olib, so‘ngra sizga nasiyaga sotadi. Ikkisining orasida katta farq bor.
26 May 2022, 19:54 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar