Energetik ichimliklardagi taurin moddasi
Assalomu alaykum! Bir dindoshimiz Taurin to‘g‘risida bergan savolga, “Tarkibida harom narsa bo‘lmasa, joiz bo‘ladi. Biz harom narsa borligini bilmaymiz. Tibbiy tarafdan zarari bo‘lmasa, ixtiyorli” deb javob beribsizlar. Meni savolim. Taurin halolmi yoki harommi? Bu savolga harom yoki halolligini bilmaymiz deb chegaralanmasdan iltimos to‘liq javob bersangizlar. Kerak bo‘lsa fatvo beruvchi vakolatli shaxslar bilan aloqaga chiqib bo‘lsa ham, ximiya labaratoriyalari bilan bog‘lanib bo‘lsa ham.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz keltirgan savolda bir ichimlik to‘g‘risida so‘ralgan edi. Ularning asli “har bir narsaning asl mubohdir(ya’ni foydalanish joiz)” degan qoidaga asosan iste’mol qilish joiz. Mabodo aniq dalil bilan harom narsa qo‘shilishi isbot qilinsa unga harom degan hukm qilinadi. U ichimliklarga hech kim biror harom narsa qo‘shilganini isbot qila olmaydi. Shuning uchun shariat uni harom deb hukm qilmaydi. Taurinni hech kim qat’iy halol deb ham aytolmaydi. Bir vaqtlar asperinni mag‘ordan, pentsillin dorisini tolning po‘stlog‘idan olishgan. Keyinchalik o‘sha moddani kimyoviy usul bilan boshqa narsalardan olishga o‘tishgan. Siz aytayotgan taurinni asli qaysidir bir harom narsadan olingan bo‘lsa hozirgi kunda undan olinmaydi. Odatda odamlar falon narsadan olinadi deyishgani noto‘g‘ri. Chunki ular aytayotgan narsani shuncha ichimlikka etkazib berish aqlga sig‘maydi. Biz bergan javobga ikki tomonlama qarash kerak. biri bizdan to‘liq bo‘lmagani, ikkinchisi berilgan to‘liq javobga o‘quvchini aqli etmasligi. Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 19:41 | Savol-javoblar | 350 | Halol va harom