Shom namozining o‘qilgan vaqti

Sizni bezovta qilib vaqtingizni olganim uchun uzr. Shom namozining vaqti 50 daqiqa ekanini bilamiz, meni ayolim shom namozini soatga qaramasdan uy ishlarini deb xufton namoziga 5 daqiqa qolganda shom namozini farzini ham sunnatini vaqtida deb o‘qigan, men bilib qolib qazo qilibsan dedim, shu o‘qigan namozi qazo o‘rniga o‘tadimi yoki qazo deb farzini qaytadan o‘qish kerakmi? Ikkinchi savolim. Men o‘zim bir korxonada ishlayman, ko‘p hollarda ishim tufayli peshin namozini sal kechiktirib o‘qiyman, ya’ni asr namoziga 2 soat yoki 2,5 soat qolganda to‘g‘ri kelib qoladi, lekin 10 rakatni ham vaqtida deb o‘qiyman, qazo bo‘lmaydimi? Javobingiz uchun katta rahmat, baxtimizga sog‘-salomat bo‘ling.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
*Ayol namozni qayta o‘qishi kerak. *Qazo bo‘lmaydi.

26 May 2022, 19:57 | Savol-javoblar | 161 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar