Ucell dan aktsiya

Assalomu alaykum! Ustozlar, kuni Kecha Ucell uyali aloqa kompaniyasidan 1000 so‘mga 1000 megabayt sotib olish aktsiyasi chiqqan edi. U aktsiya shartlarida (3 oydan buyon internetdan foydalanmayotgan va ma’lum bir tarifdagi simkartalar orqali ulanish) edi. Lekin ma’lum bir vaqt ichida tizim yaxshi ishlamasdan (kompaniya aybi bilan) cheklovlarsiz biz megabaytlar sotib oldik. Keyin bilsak biz 3 oy internetdan foydalanmayotkan simkarta bo‘lsa ham tarif rejamiz to‘g‘ri kelmas ekan. Endi tizim yaxshi ishladi, qoldiq megabaytlar tekshirish imkoni bo‘lmasa ham internet ishlatyapmiz (menimcha o‘sha olgan megabaytlar ketyapti). Savolim bizga shu sotib olingan megabaytlar halol bo‘ladimi? Tizimda cheklovlardagi xatolikni biz qilmadikku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bu ham hozirgi kunda birovning moli darajasidagi narsa. Haqqingiz bo‘lmaganidan foydalanmang. Kompaniyaga pulini to‘lang yoki rasmiy rozilik olib, keyin ishlating. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:44 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar