Yana qasr xaqida

Assalomu alaykum! Savol qayta beriyatgani uchun uzur so‘raymiz. Yana qasr namozi xaqida so‘ramoqchidim edik. Biz 14 kunlik vaxta tizimida ishlaymiz. Yo‘l vaqti bilan 15 kun. Uyimizdan 1000 km uzoqda. Ishxonada sharoitlarimiz juda yaxshi. Avvallari namozni qasr qilib o‘qirdik. Keyinchalik islom.uz da Shayx xazratlarini ushbu mavzuga javoblarini o‘qib qoldik. : "Unda doimiy qaytib turishingiz va tayyor joyingiz bo‘lgani sababli namozni to‘liq o‘qisangiz bo‘ladi", mazmunida javob berganlar. Shundan so‘ng biz namozni to‘liq o‘qishni boshladik. Lekin ba’zi xamkasblarimiz xali xam qasr o‘qishmoqda ekan. Shunga yana sizlardan yordamga muxtojmiz. Namozni to‘liq o‘qishimiz joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qasr o‘qishayotganlar to‘g‘ri qilishmoqda. Chunki yo‘lga ketgan vaqt hisobga olinmaydi. Shu bilan sizlar to‘liq 15 kecha kunduz turmaydigan bo‘lasizlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:09 | Savol-javoblar | 147 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar