Namoz vaqti va qiroat

Assalomu alaykum. Hurmatli Shayx Hazratlari. Biz musofirchilikda bilganimizcha ibodat qilmoqdamiz. Birodarlarimiz orasida turli ixtiloflar paydo bo‘lmoqda. 1. Shom namozini vaqti kirgandan o‘qiylik deyilsa, imomlikka saylaganimiz: vaqti kirgandan keyin 50 daqiqa ichida o‘qilsa maqbul, qazo emas, deyaptilar. Va biz doim oxirgi vaqtida o‘qiyapmiz. Islom.uz saytidagi namoz vaqtlari haqidagi hadislarni dalil qilsakda so‘zida turib olyaptilar. 2. Farz namozida tez qiroat qilyaptilar. Biz "Robbanalakal hamd" ni o‘qishga ulgurmayapmiz. Qiroat qilib o‘qing desak, yakka holatda qanday o‘qisam, jamoatda ham shunday o‘qiyapman, agar jamoatda qiroat qilsam riyo bo‘ladi, deya javob berdilar. Hurmatli Hazrat, birodarimizning aytganlari to‘g‘rimi va biz unga amal qilib o‘qiyveraylikmi? Alloh Sizdan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Shom namozini vaqti kirishi bilan o‘qish kerak. Ortga surish makruh. Imom shoshilmaydan qiroat qilish kerak. U odamning aytayotgan gaplari noto‘g‘ri.

26 May 2022, 19:59 | Savol-javoblar | 158 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar