Qiroat mazhablari

Assalamu alaykum! Turli qiroat mazhablarining asosiy farqi nimada? Qiroat mazhablarining tarixi, silsilasi, o‘zaro farqi va shunga o‘xshash masalalar jamlangan batafsil o‘zbek tilidagi kitob bormi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Qiroat mazhablari emas, qiroat turlari deyilsa to‘g‘riroq bo‘ladi. Qiroat turlarining bir-biridan asosiy farqlari tajvid qoidalarida, masalan isti’oza va basmala, sukunlik nun va tanvin, madlar, mutajonisayn, mutamaasilayn va mutaqoribayn, vaqf va ibtido  kabi qoidalariga amal qilishda turlicha bo‘lishlari, hamda Qur’oni karim kalimalarini, masalan "ya’lamuun" kalimasini "ta’lamuun", "qudus" kalimasini "quds", "qur’on" kalimasini "quron" deb turlicha o‘qishdadir.
O‘zbek tilida siz aytganga o‘xshash kitob yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:53 | Savol-javoblar | 163 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar