Hatna qilish yoshi

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Farzandimni hatna qilmoqchi edim. 28-aprel sanasida o‘g‘lim 3 yoshga to‘ldi. Yoshi ulug‘lar bilan maslahatlashib ko‘rdim. Ular hatna toq yoshlarda, ya’ni 1, 3, 5, 7 yoshlarda qilinadi deyishyapti. Shariatimizda bu qanchalik to‘g‘ri, ya’ni bu bid’at, noto‘g‘ri urf-odatlar sirasiga kirmaydimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu bid’at va noto‘g‘ri urf-odatlar sirasiga kiradi. Shariatda xatna uchun yil yoki muddat belgilangan emas.

26 May 2022, 20:05 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar