Allohni osmonda desa kofir bo‘ladimii
Assalomu alaykum! Men Feysbuk tarmog‘ida shunday makolani o‘kib qoldim. Bu qanchalik to‘g‘ri? Ustoz sifatida bu xaqidagi shariat axkomini bizga bildirsangizlar, iltimos!ALLOHNI OSMONDA DEYISh KUFRDIR!“Sharqning muftiysi” degan faxrli unvonga ega bo‘lgan taniqli hanafiy olimi, uchinchi tabaqadagi mujtahidlardan biri, o‘zining fiqhiy manbalari va fatvo to‘plamlari bilan hanafiylik mazhabi rivojiga buyuk hissa qo‘shgan faqih yurtdoshimiz Faxriddin Hasan Qoziyxon O‘zjandiy (vaf. 592 h./1196 m.) rahimahulloh o‘zlarining “Fatovoyi Qoziyxon” degan mashhur fatvolar to‘plamida Alloh taoloning makondan behojat ekanligidan kelib chiqib, uni osmonda deb e’tiqod qilishning kufr ekanligini bir necha o‘rinlarda, har xil misollar bilan ta’kidlab ketganlar. Bu – “Alloh osmonda!” deguvchi soxta salafiylar va ularning asosini tashkil qiluvchi vahhobiylarga raddiya va ogohlantirish bo‘lsa ajab emas. Inson bir so‘z bilan imonga kirganidek bir so‘z bilan kufr botqog‘iga botib ketaverishi ayni haqiqatdir. Bas, haqiqat shunday ekan, ahli sunnat va jamoat ta’limotiga ergashishni da’vo qilar ekanmiz, aynan ana shu ta’limotning eng ulug‘ namoyandasi bo‘lmish alloma faqih ota-bobolarimizning ogohlantirishlariga quloq solmog‘imiz darkor: رجل قال: "خدايى بر آسمان ميداند كه من چيزى ندانم"، يكون كفرا،لأنّ الله تعالى منزه عن المكان “Bir kishi: “Osmondagi Xudo mening hech narsa bilmasligimni biladi!”, desa kufr bo‘ladi. Chunki, Alloh taolo makondan pokdir!” (Faxriddin Qoziyxon. Fatovoyi Qoziyxon. 3-jild. – Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiya, 2009. – B. 519-520). رجل قال: "مرا بر آسمان خدا است و بر زمين تو"، يكون كفرا لما قلنا “Bir kishi: “Men uchun osmonda Xudo, erda esa Sensan!”, desa, aytganimizdek kufr bo‘ladi” (Faxriddin Qoziyxon. Fatovoyi Qoziyxon. 3-jild. – Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiya, 2009. – B. 520). رجل قال: "خداى تعالى بر آسمان گواه من است"، يكون كفرا، لأنّ الله تعالى برئ عن المكان “Bir kishi: “Osmondagi Xudoy taolo mening guvohimdir!”, desa kufr bo‘ladi. Chunki, Alloh taolo makondan xolidir” (Faxriddin Qoziyxon. Fatovoyi Qoziyxon. 3-jild. – Bayrut: Dor al-kutub al-ilmiya, 2009. – B. 522). Qaysarlik va sarkashlik, taassubona bilimsizlik, bobokalon ajdodlarimizni mensimaslik, ahli sunnat va jamoat ta’limotidan og‘ishgan qayoqdadir o‘tgan bid’atchi oqim vakillarining olimlariga quloq tutish yomon oqibatlarga olib kelishi shubhasiz. Har bir musulmon odam Alloh taoloni “lomakon”da deb bilmog‘i – makonga muhtoj emasligini anglamog‘i va shunga muvofiq e’tiqod qilmog‘i lozim. Alloh taolo makonga muhtoj emas, u makonlarni yaratgan zotdir! Alloh osmonda emas, Alloh osmonga muhtoj emas, u osmonlarni yaratgan zotdir! Hamidulloh Beruniy. Bizlar vaxxobiy yoki salafiy bo‘lmasakda ba’zida o‘zimiz yoki atrofimizdagi kishilarning shu va shunga o‘xshash so‘zlarni ishlatishlariga guvox bo‘lamiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Afsus o‘sha tortishayotganlar makonning ta’rifi nima, Allohga makon isbot qilishda yoki makonni nafiy qilishda qaysi makonni iroda qilinayotganini bilishmaydi. Sahih hadisdaعَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: يَنْزِلُ رَبُّنَا تَبَارَكَ وَتَعَالَى كُلَّ لَيْلَةٍ إِلَى السَّمَاءِ الدُّنْيَا حِينَ يَبْقَى ثُلُثُ اللَّيْلِ اْلآخِرُ، يَقُولُ: مَنْ يَدْعُونِي فَأَسْتَجِيبَ لَهُ، مَنْ يَسْأَلُنِي فَأُعْطِيَهُ، مَنْ يَسْتَغْفِرُنِي فَأَغْفِرَ لَهُ. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Robbimiz tabaroka va taolo har kechaning oxirgi uchdan biri qolganida dunyo osmoniga nozil bo‘ladi va:
«Kim Menga duo qiladiki, Men uni qabul qilsam, kim Mendan so‘raydiki, Men unga bersam, kim Menga istig‘for aytadiki, Men uni mag‘firat qilsam», deydi», dedilar».
To‘rtovlari rivoyat qilganlar deyilgan.
Bu hadisni eshitganlardan beri barcha sahobalar, tobe’inlar va taba tobe’inlar u vaqtni nihoyatda muborak va Alloh taolodan so‘rab olinadigan vaqt deb bilishib, o‘sha vaqtda ibodat qilishga qattiq kirishganlar. Ularning birortasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan, ulardan keyingilar sahobalardan Alloh taoloni qanday tushishi to‘g‘risida aslo so‘ramadilar. Ular bu hadisdan u vaqt g‘animat vaqt ekanligini tushundilar va undan foydalanib qolishga qattiq mehnat qildilar va umrlari mobaynida o‘sha vaqtda ibodatda bo‘ldilar. Afsus biznikilar esa u hadisdan ko‘zlangan maqsad chetda qolib, Alloh taoloni tushishi qanday, qaerdan tushadi, nimaga tushadi deb baxs munozara qilish bilan umrini o‘tkazmoqdalar. Sanoqli kishilarni hisobga olmaganda qolganlarining hammasi o‘sha vaqtda uxlab yotishadi. Ularning misoli xuddi “Yunusobod tumaniga xalqni dardini eshitish uchun prezident kelar ekan” deyilsa prezidentga nimalar deyish, u kishidan nimalarni so‘rab foydalanib qolish, u kishiga aytishi kerak bo‘lgan ehtiyojlariga tayyorgarlik ko‘rish o‘rniga biri “Prezident qaysi tomondan kelar ekan” desa, boshqasi “Falon ko‘chadan keladi” yana boshqasi “Yo‘q, sen bilmaysan, falon ko‘chadan keladi” yana biri “Faloncha odam bilan keladi” desa boshqasi “falondaqa moshinada falon joygacha keladi” desa yana boshqasi “yo‘q, o‘zi oddiy moshinada keladi” deb baxs qilayotgan kishilarga o‘xshaydi. Aytingchi qanday kelishi, kim bilan kelishi, qaysi ko‘chadan kelishi, nimada kelishi muhimmi yoki kelganida biror narsani so‘rab foydalanib qolish muhimmi? Bunday baxslashadigan insonlarni nima deb nomlagan bo‘lar edingiz?
Axir imom Molik rahmatullohi alayh “Bu borada so‘rash bid’at” demadilarmi? Salaf ulamolarimiz Alloh taolo haqida “Biror makonga joylashmaydi va Unga biror zamon ham o‘tmaydi” dedilar. Bo‘ldi, boshqasini surishtirishga hech qanday hojat yo‘q. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 09:18 | Savol-javoblar | 165 | Aqiyda