Qari ota-ona fidyani o‘z bolasiga bersa bo‘ladimi?
Alloh subhanahu va taolo dinimiz uchun qilayotgan xayrli ishlaringizni munosib taqdirlasin! Umringizni uzun, ilmingizni hamda martabangizni bundan ham ziyoda qilsin! Ilmiy darslaringizni bardavom qilsin! Farzandu zurriyotlaringizni sizga munosib qilsin! Hazrat, hozirgi savolimni bir qo‘shnim so‘rab berishimni iltimos qildilar (Qidiruv xizmatidan foydalandim, lekin, topa olmadim. Takroriy bo‘lsa uzr so‘rayman). U kishining ota-onasi qari bo‘lib, ramazon ro‘zasini tutishga qarichilik sababli uzrli deb hisoblanar ekanlar. Shuning uchun fidya berib kelishar ekanlar. Fidyani o‘z farzandlariga, ya’ni o‘g‘liga berishar ekan. O‘g‘lilarining ro‘zg‘ori alohida bo‘lib, ulardan alohida, uzoqda yashar ekan va nogiron ekan. Ro‘zg‘orida etishmovchiliklar bo‘lib turar ekan. Ular fidyani o‘g‘liga berishlari joizmi? Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Boshqaga bersinlar. O‘g‘illariga yordam berishsin.
26 May 2022, 20:13 | Savol-javoblar | 158 | Ro‘za
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Boshqaga bersinlar. O‘g‘illariga yordam berishsin.
26 May 2022, 20:13 | Savol-javoblar | 158 | Ro‘za