So‘rashning o‘zi etarlimi?
Assalomu alaykum! Milliy taomlar oshxonasida ovqatlanishdan oldin ofitsiantdan ishlatiladigan go‘sht halolmi deb so‘rab, ijobiy javob olganimizdan keyin buyurtma berdik. Shu savolni o‘zi kifoyami? Bir do‘stim ko‘p oshxonlar arzon tushadi deb Polsha va Rossiyadan kelayotgan mol go‘shtini ishlatishadi, sotish uchun senga halol deyaveradi deb ishtaxamizni bo‘g‘di. Biz qanday yo‘l tutaylik? Molni ko‘z oldimizda so‘y deyolmaymizku…
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shu so‘rashlar paydo bo‘lganidan buyon qassoblar go‘shtini o‘tishi maqsadida ham “Bismillah”ni aytib so‘yadigan bo‘lib qolishdi. Oshxonalarda ham so‘rashni, surishtirishni va tagiga etishni davom ettirilsa ular ham e’tibor qaratishadigan bo‘lishadi. Bir vaqtlar ahli kitoblar musulmonlar go‘shtlarini sotib olish uchun “Bismillah”ni aytib so‘yadigan odatida bo‘lishgan. Siz so‘ragan narsa guvohlik hisoblanadi. Guvohligi qabul bo‘lishi uchun ikki erkak yoki bitta erkak va ikki ayolning bo‘lishi hamda adolatli bo‘lishlari kerak. Yolg‘ondan tab tortmaydigan va yolg‘ondan guvohlik beradigan odamlarning guvohliklari o‘tmaydi. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 22:58 | Savol-javoblar | 180 | Halol va harom