Sheriklikdagi halollik
Assalomu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Avvalambor sayt uchun admin janoblari va siz muhtaram Shayx Hazrarlariga katta tashakkurlar aytaman. Savol shundan iboratki, amakim va bir tanishimiz mebel ishlab chiqarish uchun yaxshi niyat birla sherikchilik bilan ish boshlashgan edi. Hat-hujjat amakimning nomlarida, o‘rtaning puli esa, sheriklarining qo‘lida edi. Avval boshda, joyni ijaraga olishdi. Ijara muddati tugagach sheriklari bizni Zangiotada erimiz bor, o‘sha erga boraylik ijara haqi ham to‘lamaymiz, dedi. Amakim mayli insofli-iymonli kishi deb, rozi bo‘ldilar. Joyga ega bo‘lishgach, sheriklari hujjat meni nomimga o‘tkazilsa, oson bo‘lar ekan, oilaviy tadbirkorlik (uning o‘g‘li firmada ishchi bo‘lib ishlardi) deb engillik yartilar ekan dedi. Amakim soddalik qilib xo‘p deya rozi bo‘ldilar. So‘ngra qish keldi. Ish mavsumi o‘tgach puldan muammo bo‘la boshladi. Sherikning o‘g‘li g‘idi-g‘idi gap chiqaza boshladi. Hozir bahorga kelib sherik amakimni ishdan siqib chiqarmoqchi. Amakim mayli men ishdan ketganim bo‘lsin, lekin meni pulimni beringlar, dedilar. Sheriklari yo‘lg‘on hisob-kitob qilib, deyarli 500 million so‘mga yaqin aylanma pulni 90 million deya ko‘rsatib amakimga 45 million atrofida pul tutqazib, qolgan pulni eb ketmoqchi. Amakim hisobga uncha yaxshi emaslar. Lekin otam , ya’ni amakimni akalari va ikki akam bu borada ancha tajribaga egalar. Ular xomcho‘t qilib ko‘rishsa, aylanma pul yo‘qorida aytganimdek katta miqdorda chiqayapti. Haligi amakimning sheriklari, namozxon, kunda kunora Qur’on tilovat qilib yuradigan "taqvodor" kishi. Bir kichik o‘g‘li qori. Biz Hazrati Ali roziyallohu anhu avlodidanmiz deb maqnatib yuruvchi kishi edi. Biz unga “Ey baraka topgur, bu noto‘g‘ri hisob, bunday bo‘lmaydi, mana bunday bo‘ladi, bu birovni haqqi desak”, u “Yo‘q, men joy berdim endi bu pullar meniki” deb o‘jarlik qilayapti. Biz “Ey inson, ijara nari borsa 3 million bo‘ladi” desak, u har xil bahonalar topib pulni eb ketmoqchi. Mening achinadiganim jamiyatdagi "namozxon-taqvodor"lar shunday bo‘lsa biz kimdan o‘rnak olaylik?! Iltimos maslaxat bering...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hisob – kitobni sizlar u bilan qaytadan qilib, haqni imkoni boricha talab qilinglar.
26 May 2022, 20:20 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hisob – kitobni sizlar u bilan qaytadan qilib, haqni imkoni boricha talab qilinglar.
26 May 2022, 20:20 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar