Zinada jamoat bo‘lib namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Biz ishxonaning zinasida jamoat bo‘lib namoz o‘qiymiz, ba’zida jamoatimiz kattaroq bo‘lib qolganda sig‘maganimiz uchun imomning ikki yoniga oyoqlar imomning tovoni baravar bo‘lib ikki kishi, qolganlar esa har doimgiday orqa safda turib namoz o‘qiymiz, joy tor bo‘lgani uchun shu holatda namoz o‘qib olamiz, bu holatda jamoat bo‘lishimiz to‘g‘ri bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sunnatga muvofiq saf bo‘lishga imkon bo‘lmasa, imomdan biroz orqada turish joiz. Vallohu a’lam!

28 May 2022, 19:45 | Savol-javoblar | 175 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar