"Talim olish yo‘llari" haqidagi dimu savoliga munosabat!
Hurmatli va Muhtaram Shayh hazratlari berayotgan ilmlaringiz va din yo'lida qilayotgan holis hizmatingizga alloh o'zi savoblar bersin va gunohlaringizni yashirsin.Hurmatli Ustoz men dimu janoblarini "Ta'lim olish yo'llari" haqidagi ba'zi mulohazalariga qisqacha munosabat bildirmoqchi edim ijozatingiz ila. Ustoz men chet davlatda o'qiyotganim uchun o'zimizdagi holatlar va dunyodagi holatlarni solishtirishga ozgina bo'lsa ham imkon borligidan foydalanib fikr yuritmoqchi edim. Bizda ozgina bo'lsa ham to'g'ri ilmi bor yoshlar juda ko'p lekin ozgina layoqat etishmayapti. Chunki agar hamma o'zida oldin boshlasa shu maqsadga muofiq bo'lardi deb o'ylayman, avvalambor barcha narsalar yolg'iz Allohning inoyati bilan bo'lishni esdan chiqarmaslik kerak. Bizdagi holat mening fikri ojizim bo'yicha shu holatdaki biz o'zimizda dinni ko'rsatishimiz kerak, odob ahloq va barcha sohalarda huddi Rasul s.a.v ga o'xshab, oilamizga avval tarbiya berishimiz, kerak, boshqalar bizdan ko'rib ana qaranglar juda odoblik deb va bunga uning iymoni sabab deb fikrlab shu yo'lga qiziqishlari uchun, hozir davat bizda hatarlik lekin qaytaraman hamma narsa allohning inoyati bilan bo'ladi, men buni dunyo va rivojlangan mamlakatda turib aytayapman, bu erda shunday muslimlar borki mushriklar va kofirlar ularni qilayotgan ishlaridan ko'rib qaysi dinni vakilisizlar deb allohno inoyati bilan hidoyatga kelishmoqda. Mening bir tansihim yaqinda uylanmoqchi lekin oilasi dindan ancha uzoqda, Lekin u birodarim inshalloh borib , hijobli taqvodor qizga uylanib uydagi yangalarimga hijob nimaligini ayolim orqali o'rgataman deb niyat qilayaptilar, hozirda juda ko'p birodarlarimizning ibodatlari bor lekin oilalari ilmdan habar yo'q, bu degani televizordan yoki radiodan yoki odamlarning tilidan rostmi yolg'onmi har hil gaplarni eshitib dindan uzoqlashayapti, ahir Alloh svt oilamizni davat qilishga buyurgan ularni hidoyatga kelish kelmasligini bilsa ham biz ularga ilmni etkazishga ma'murmiz, agar barchamiz ilmni holislik bilan oilalarimizga etkazsak inshalloh odamlar allohga qaytishadi chunki jamiyat halq ummat oilalardan tashkil topadiku. Hozirda bizda ilm bor lekin bu ilm bizning ishimizda holatimizda oilalarimizda va taqvoimizda ko'rinmaydi va uzoqdan nazar tashlaganlar ana musulmonning ahvoli deyishligi bu dinga hizmatdan unga zararga olib kelmoqda. Hozirgi holatlar o'tkinchi inshalloh, lekim bu ham Allohning bir sinov va bizga davat qilish va allohning irodasiyu undan keyin biz sabab boshqalarni hidoyatga kelishi uchun imkoniyatidir deb bilaman. Qisqa qilib aytganda ilmni bir birimizga ulashishimiz, kitob topmaganimizda tehnologiya internet va boshqa dasturlar orqali foydalanishimiz kerak, savol tug'ilganda sizdek ustozlarga murojat qilishimiz menimcha maqsadga muofiq. Fikrimda hato kamchiliklar bo'sa allohdan avf sizdan uzr so'rayman! Subhanakallohumma va bihamdik, ashxadu an la ilaha illa anta astag'firuk va a'tubu ilayk!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Fikr va mulohazalaringiz uchun tashakkur!
28 Iyul 2022, 13:42 | Savol-javoblar | 163 | Ta’lim va muta’allim
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Fikr va mulohazalaringiz uchun tashakkur!
28 Iyul 2022, 13:42 | Savol-javoblar | 163 | Ta’lim va muta’allim