G‘assolga g‘usl qilish vojib bo‘ladimi?

Assalamu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Ustoz keyingi vaqtlarda savollarim juda ko‘payib ketayabdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v) ham "Bilimsizlikning davosi savoldir" degan ekanlar. O‘zimda ilmga bo‘lgan rag‘bat kun sayin ortib borayotganini xis qilayapman. Savolim shuki, mayyitni yuvgandan keyin uni necha kishi yuvgan bo‘lsa g‘usl qilish yuvganlarga vojib bo‘ladimi? Bu savolni berishimdan maqsad, bu amal qanday amalligini bilish uchun deyarli hamma g‘usl qilar ekan. Javobingiz uchun oldindan raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
-G‘assol mayyitni yuvib bo‘lganidan keyin o‘zi g‘usl qilmog‘i mustahabdir. Vojib emas!

26 May 2022, 20:21 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar