Firqalarga bo‘linish
Assalamu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Xazrat Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vassalamning oxirat yaqinlashganda musulmon ummati 72 firqaga bo‘linib ketadi, shulardan bittasi to‘g‘ri yo‘l ekanligini o‘qigan edim. Hazrat savolim shuki, hozirda bir qancha oqimlar mavjud bo‘lib, ahli sunna val jamoa ham to‘rt yo‘nalishga bo‘linib ketgan. Ushbu to‘rtta yo‘nalish Payg‘ambarmiz aytgan bittasiga kiradimi yoki Molikiy, Hanafiy, Hanbaliy, Shofi’iy mazhablaridan birini tanlash kerakmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bizda aqiyda bo‘yicha Ahli sunna va jamoa mazhabi tarqalgan, imomimiz Abu Mansur Moturidiy rahmatullohi alayhi . Fiqh bo‘yicha imom A’zamning hanafiy mazhabi. Ahli sunna val jamoa ham to‘rt yo‘nalishga bo‘linib ketgan degan gap noto‘g‘ri. Hadisda aqiydaviy mazhablar haqida so‘z ketgan, fiqhiy mazhablar haqida emas.
26 May 2022, 20:21 | Savol-javoblar | 185 | Turli savollar