G‘ayridinlar bilan hamkorlikda ishlash
Assalomu alaykum! Men dasturchiman va hozircha chet el saytlaridan online ishlayapman. Savolim shundan iborat: 1. Men ishlayotgan sayt mijoz bilan kelishilgan summadan belgilangan foiz olib qoladi (Foizi oldindan ma’lum bo‘ladi. Ya’ni mijozdan qancha summa to‘liq olishim aniq bo‘ladi). Shu saytda ishlash halolmi yoki harommi? 2. Chet elliklar bilan ishlashda turli loyihalarda ishlashga to‘g‘ri keladi. Masalan: cherkov uchun ehson websayt qilib bersa bo‘ladimi? Yoki bunday ishlar qilmaslik kerakmi? G‘ayridinlar bilan ishlash uchun umumiy tushuncha bersangiz, qanday ishlarni qilsa bo‘ladi va qanday ishlar qilib bo‘lmaydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Nima uchun foiz olib qolishini yozmabsiz. 2). Islomdan o‘zga dinlarning rivojiga xizmat qiladigan ishda ishlash durust emas. Shuningdek, dinimizda ta’qiqlangan har qanday ishga hissa qo‘shish joiz emas. Mast qiluvchi narsalar, cho‘chqa va boshqa iste’moli harom mahsulotlar savdosi, ribaviy amaliyotlar, firibgarlik, g‘arar (qimor) kabilar shular jumlasidandir. Vallohu a’lam!
8 Oktabr 2023, 23:07 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar