Imtihonda foydalanish ta’qiqlangan narsa

Sizni-yu bizni ilm olishimizni farz qilgan Alloh Subhanaha va Ta’aloga O‘zining jalolicha hamdu sanolar bo‘lsin. Hamda oxirgi Payg‘ambari bo‘lmish Rasululloh s.a.w ga durudu salovotlar bo‘lsin. Assalamu Alaykum Faziylatli Shayx Hazratlari. Diyn yo‘lida qilayotgan xayrli ishlaringizda Alloh O‘zi bardavom qilsin!Yaqin kunlarda yurtimizdagi aksariyat oliy o‘quv yurtlarida qabul qilish imtihonlari bo‘lib o‘tadi, inshaalloh.Shu mavzu bo‘yicha savol bor edi. Ijozatingiz ila ushbu savolni taqdim etsam. Imtihonga doir o‘zi bilgan narsasini hayajon, shoshilish yoki shunga o‘xshash boshqa omillar sababli xayolidan ko‘tarilsa, eslay olmasa formulalar va shunga doir bir ikki narsalar yozilgan daftarchadan foydalanishning hukmi qanday?Savol takroriy bo‘lsa ma’zur tuting. Javob uchun tashakkur. Allohim Umringizga barokot ato etsin, ko‘p yillar Haq yo‘lida hizmat qilishni nasib etsin. Alloh kiblagohingiz va volidangizni O‘z rahmatiga olsin. Alloh siz va ahli oilangizni O‘zi ziyoda qilib mukofotlasin. Alloh sizdan rozi bo‘lsin...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Man etilgan bo‘lsa, mumkin emas.

27 May 2022, 01:16 | Savol-javoblar | 137 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar