Fikrlash

Assallomu alaykum! Men universitetda o‘qiyman. Bizda falsafa fani o‘tiladi. Gap shundaki falsafa fani o‘qituvchimiz Islom diniga to‘g‘ri kelmaydigan gaplarni talabalarga aytadi. Uning aytishicha inson vafot etganidan keyin uning ruhi boshqa hayvonlar va o‘simliklar tanasiga o‘tib yashar emish. Alhamdulilloh musulmonmiz. Men bunday gaplarga ishonmayman, lekin auditoriyada 70taga yaqin talaba bo‘ladi. O‘qituvchimiz o‘ziga tortadigan qilib gapirganligi uchun bazi talabalar uning bunday gaplariga ishonishadi. Axir dinimizda inson vafotidan keyin qiyomatda tiriltiriladi deyilgan. Men o‘qituvchimizga shunday deb javob qaytarsam u menga "Sening fikrlash doirang mening gaplarimni qabul qilishga hali tayyor emas ekan" deb javob berdi. O‘sha o‘qituvchiga ishongan talabalar iymondan ketib qolmaydimi? Men bunday vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ishonga talabalar dinimizga zid e’tiqodni qilgan bo‘ladilar. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing https://savollar.islom.uz/smf/arxiv/19780.0

8 May 2022, 01:02 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar