Xavoga tutun chiqarish
Assalomu alaykum! Meni mineral o‘g‘it ishlab chiqarish zavodim bor. Ish paytida xavoga o‘tkir xidli tutun chiqadi. Axolidan uzoqda promzonada joylashgan. Davlat korxonalari xam katta miqdorda shu tutunni xavoga chiqaradi. Shu ishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zavod va fabrikalar qurish va ularda shariatga zid bo‘lmagan mahsulotlar ishlab chiqarish joizdir. Albatta ularning ish jarayonida chiqindilar, zaharli moddalar chiqishi kuzatiladi. Bularning inson salomatligiga, hayvonlar va o‘simliklarga ta’siri mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilgan va ular uchun ma’lum cheklov va standartlar o‘rnatilgan. Sizning korxonangiz ham o‘sha belgilangan me’yorlarni buzmagan holda faoliyat olib borishi lozim. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 13:29 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom