Erim musulmon bo‘lmasa ham yashayversam bo‘ladimi?
Hozirda men musofir yurtdaman. Savol mendan iltimos qilgan bir ayolga tegishli. Bu ayol rus, islom dinini qabul qilganiga 5 yilcha bo‘lgan. Savoli shundan iboratki, oila qurganida nikoh o‘qilmagan, ya’ni qonuniy zags ro‘yxatidan o‘tishgan. “Nikoh neligini endi o‘qib bildim” dedi. Endi nikoh o‘qitgani eri qarshi ekan. Eri rus, islom dinini tushunmaydi. Lekin ayoliga islom dinida yurishiga qarshilik xam qilmaydi. Ayol “shariat bo‘yicha yashamayapman” degan gumonda. “Agar yana farzandli bo‘lsam benikoh farzand ko‘rgan bo‘lamanmi” deyapti. Ajrashishga qizi yo‘l qo‘ymayotganini aytdi, o‘rtada bir qiz farzand bor. Yana bu ayol “erim musulmon bo‘lmasa ham yashayversam gunohkor bo‘lamanmi” deyapti.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Eriga vaziyatni tushuntirsin. Muslima ayol musulmon bo‘lmagan eri bilan bir oilada yashashiga ruxsat yo‘q. Oilani buzmasdan, er ham musulmon bo‘lib birga yashashlarini yo‘lga qo‘ysinlar.
26 May 2022, 20:35 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar