Qur’on tilovatidan keyingi amal haqida
Qur’on tilovatidan keyin, Sodaqollohil A’ziym, xamda as-Soffat surasining oxirgi 3 oyatini o‘qishlikni bid’at deb aytayotgan birodarim bizni jamoatimizga, shu amalni qilayotganimiz uchun kelmay qo‘ydi.
Uning aytishi bo‘yicha, Qur’on tilovati ibodat sanaladi, Payg‘ambarimiz s. a. v bizga Dinni mukammal etkazganlar, Payg‘ambarimiz s. a. v ibodatda qilmagan amalni qilayapsan, ibodatga yangilik kirityapsan, deb meni qattiq o‘ylantirib qo‘ydi.
Shayx hazratlari, shu amalni qilishlikga biron dalil bormi? Agar dalil bo‘lsa keltirsangiz, iltimos, yoki qaysi manba’dan qidirishimizni aytsangiz. Zero shu dalil baxona bo‘lib birodarim yana jamoatimizga qaytsa.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Birodaringiz bemazhab odam ekan. Unga gap tasir qilmasa kerak. Dalil tushunchasi kengdir. O‘sha odam aytgandek, faqat Qur’oni Karim va hadisdan iborat emas. ShAR’IY HUKMLARNING DALILLARI Alloh taolo odamlarni behuda yaratgani yo‘q, ularni beparvo o‘z holiga tashlab qo‘ygani ham yo‘q. Balki O‘zi yaratgan olamda O‘zi yaratgan odamga ikki dunyo saodat yo‘lini ko‘rsatib berishni ham O‘zi zimmasiga oldi. Buning uchun «diyn» deb atalmish ko‘rsatmalari to‘plamini bandalariga taqdim etdi. Unda ularga qiladigan amallarining hukmlarini bayon qilib berdi. O‘sha amallarning farz, vojib, halol, harom, to‘g‘ri, noto‘g‘ri va shunga o‘xshash bo‘lishini iroda qildi. Mazkur shar’iy hukmlarning dalillarini ham joriy qildi. Ushbu faslda o‘sha shar’iy dalillar haqida so‘z yuritamiz. «Dalil» so‘zi lug‘atda har qanday hissiy yoki ma’naviy, yaxshi yoki yomon narsani ko‘rsatuvchi va uning yo‘liga boshlovchi ma’nolarini anglatadi. Usulul fiqh ilmi olimlari: «Unga to‘g‘ri nazar solish ila talab qilinayotgan xabarga etishtiradigan narsa dalildir», deydilar. Usuliylarning istilohida esa: Shar’iy dalil shar’iy amaliy hukmni chiqarish uchun dastak qilinadigan narsadir. U ilmul yaqiyn bilan qat’iy dalolat qilsa ham yoki zonning g‘olibligi bilan zonniy (qat’iymas) dalolat qilsa ham – bari bir. Ushbu e’tibordan shar’iy dalillar ikki turli bo‘ladi: Dalolati qat’iy va dalolati zonniy (qat’iymas) dalillar. «Zonn» lafzi bu erda gumon ma’nosida emas, balki qat’iyning muqobilidagi, ya’ni «qat’iy emas» ma’nosidadir. Dalillar umumiy e’tibor qilinganda ikki xil bo‘ladi: 1. Ulamolar jumhuri ittifoq qilgan dalillar: Kitob, Sunnat, Ijmo’ va Qiyos. 2. Ulamolar jumhuri ittifoq qilmagan dalillar: Istihson, Masolihul mursala, Istishob, Urf, Mazhabus sahobiy, Shar’u man qoblana. (Hanafiy mazhabidan boshqalarda Sadduz-zaroi’ ham bor.) Ulamolar jumhuri ittifoq qilgan dalillarga ergashmoqlik vojibdir. Lekin ularning har birining darajalari bor. Mazkur darajalar quyidagicha: avval Kitob (Usuliylar istilohida «Kitob» lafzi ishlatilsa, Qur’oni Karim tushuniladi), keyin Sunnat, so‘ng Ijmo’ va oxiri Qiyos. Bu dalillarga ergashmoq vojibligiga quyidagi oyati karima dalildir: Alloh taolo bunday deb marhamat qiladi: «Ey, iymon keltirganlar! Allohga itoat qiling, Rasulga va o‘zingizdan bo‘lgan ishboshilarga itoat qiling. Biror narsa haqida tortishib qolsangiz, agar Alloh va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsangiz, uni Allohga va Rasulga qaytaring. Ana shunday qilish xayrli va oqibati yaxshidir» («Niso» surasi, 59-oyat). Mo‘min-musulmonlarning mujtahid ulamolari shariat hukmlarini chiqarib olish ishlarida avvalo Alloh taologa itoat etishlari kerak, so‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga, undan keyin musulmonlarning o‘zlaridan bo‘lgan ishboshilarga itoat qilishlari lozim. Agar biror narsada ixtilof tug‘ilib, tortishuv chiqsa, Alloh taoloning va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hukmlariga qaytarish lozim. Mezon – shu. O‘lchov – shu. Agar bu qoidaga rioya etilmasa, hammaning o‘zicha hal qilishiga qo‘yib berilsa, tartib-intizom qolmaydi, aksincha, odamlarning aqliy qobiliyatlari turlicha bo‘lgani sababli, ixtiloflar chiqadi. Mujtahid ulamolar bir ishda shariati islomiyaning hukmi nima ekanini bilish uchun uning hukmini, avvalo, Qur’oni Karimdan izlaydilar. Agar u ishning hukmi Qur’onda mavjud bo‘lsa, unga amal qiladilar. Chunki, yuqorida keltirilgan oyatning avvalida: «Ey, iymon keltirganlar! Allohga itoat qiling», deyilgandir. Allohga itoat qilish Uning oxirgi ilohiy kitobi Qur’oni Karimga amal qilish bilan bo‘ladi. Faraz qilaylik, mazkur ishning hukmi Qur’oni Karimda zikr qilinmagan bo‘lsa, unda Rasululloh alayhissalomning sunnatlariga murojaat etiladi. Izlangan hukm u erdan topilsa, unga amal qilinadi. Chunki, oyati karimada ikkinchi manba’ sifatida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga itoat qilishga amr etilgandir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlik vaqtlarida bevosita u zotning o‘zlariga itoat qilingan, hozir esa sunnatlariga amal qilish u kishining o‘zlariga itoat qilish bilan barobar hisoblanadi. «...Rasulga...» itoat qiling. Alloh taolo Qur’oni Karimda asosiy hukmlarni bayon etgan va umumiy hukm chiqarish qoidalariga o‘shalarni asos qilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarida esa, Qur’ondagi umumiy hukmlar batafsil bayon qilingan hamda ba’zi zikr etilmaganlari aytilgan. Zamon, sharoit o‘zgarishi bilan o‘zgarib turadigan ma’lum bir hukmlar esa, musulmon jamoasi ijtihod qilib echishlari uchun qoldirilgan. Buning hikmatlari ko‘p. Avvalo, bu holat musulmonlarni doimo izlanuvchan, harakatchan bo‘lishga undaydi. Ikkinchidan, shariati islomiyaning har zamon, har makonga salohiyati borligini ta’minlaydi. Agar Qur’onda ham, Sunnatda ham zikri kelmagan masala ko‘ndalang bo‘lib qolsa, bu masalaning echilishi musulmonlarning ishboshilariga havola qilinadi. Ijtihod maqomiga etgan ishboshi ulamolar mazkur masalani Qur’on va Sunnat qoidalari asosida hal etadilar. Musulmon ummatining e’tirof etgan mujdahidlari birlikda hal etgan echim(qaror) fiqhda «ijmo’» deb nomlanadi. Bunga amal qilish har bir musulmon uchun vojibdir. Chunki, ushbu oyatda: «...Rasulga va o‘zingizdan bo‘lgan ishboshilarga itoat qiling», degan amr bor. Alloh taoloning amriga bo‘ysunish esa, vojibdir. Ammo ishboshilarga bo‘ysunishda bir necha shartlar bor. Avvalo, oyatda «o‘zingizdan bo‘lgan» deyilyapti. Fiqh ilmi ulamolarimiz bu oyatdagi«ishboshi»larni shunday tushuntirganlar: fiqhda ijtihod darajasiga etgan ulamolarning jamlanib, biror masala bo‘yicha ittifoq bo‘lib qaror qilishlari ishboshilikdir. Oyati karimadagi: «Biror narsa haqida tortishib qolsangiz, agar Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsangiz, uni Allohga va Rasulga qaytaring», degan jumla shariatda hukm chiqarish uchun Qur’on, Sunnat va Ijmo’dan keyingi to‘rtinchi masdarga – Qiyosga asos bo‘lgan. Aytaylik, musulmonlar hayotida yangi masala paydo bo‘ldi. Aynan shu muammo Qur’onda ham, Sunnatda ham zikr qilinmagan, ammo shunga o‘xshash boshqa bir masala bor. Ulamolar ana o‘sha o‘xshash masala bilan yangi paydo bo‘lgan masalani taqqoslab hukm chiqaradilar. Buning nomi «Qiyos» bo‘ladi. Oyatda musulmonlar o‘rtasida tortishuvga sabab bo‘lgan narsani Allohga (ya’ni, Qur’onga) va Rasulga (ya’ni, u kishining sunnatlariga) qaytarishni «agar Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsangiz» jumlasi bilan birga qayd qilinmoqda. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Allohga va Uning Rasuliga itoat qilishga bo‘lgan buyruq Kitob va Sunnatga ergashmoqlikdir. Ilmiy va shar’iy o‘rinlarda musulmonlardan chiqqan ishboshiga itoat qilishga bo‘lgan buyruq mujtahidlar ittifoq qilgan hukmlarga ergashmoqlikka bo‘lgan buyruqdir. Tortishilgan narsalarni Allohga va Uning Rasuliga qaytarishga bo‘lgan buyruq shar’iy matnlar va ijmo’da sobit bo‘lmagan masalalarda qiyosga ergashmoqlikka bo‘lgan buyruqlarni taqozo etadi. Bu tartibga sunnatdan dalil quyidagi hadisi sharifdir: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Muozni Yamanga yuborayotib unga: «Qanday qilib hukm chiqarasan?» – dedilar. «Allohning Kitobidagi narsa ila», – dedi. «Agar Allohning Kitobida bo‘lmasa-chi?» – dedilar. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari ila», – dedi. «Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarida bo‘lmasa-chi?» – dedilar. «Fikrim ila ijtihod qilaman», – dedi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning elchisini tavfiqqa boshlagan Allohga hamdlar bo‘lsin», – dedilar. Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilishgan. Bag‘aviy Maymun ibn Mehrondan rivoyat qiladi: «Abu Bakrga biron tortishuvli ish kelsa, u avval Allohning Kitobiga qarar edi, agar undan ular orasida hukm qilishga biron narsa topsa, shu bilan hukm qilar edi. Agar Kitobda bo‘lmasa, Rasulullohdan biron narsani bu borada sunnat deb bilsa, shu bilan hukm qilar edi. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridan topishga qiynalsa, odamlarning boshliqlari va yaxshilarini yig‘ib, ular bilan maslahat qilardi va fikrlari bir joyga kelganida, shu bilan hukm qilardi. Umar ham shunday qilardi». Bizning lkamizdagi ulamollar Qur’oni Karim tiloqati so‘ngida, Qur’oni Karimning yana bir oyatini qo‘shib qo‘yishni odat qilishgani gunoh deyish insofdan bo‘lmasa kerak. Avvallari bu ish qilinmagan bo‘lsa, qilish gunohdir deganlar ham bo‘lmagan. Bugunga kelib o‘zini hammadan ustin sanayotganlarning gapi bilan ish boshqacha bo‘lib qolmaydi. Avvalgi javobda ushbu oyatni azizlarimiz turli munosabatlarda o‘qiganlarini aytib o‘tilgani bejiz emas. https://islom.uz/savollar/smf/index.php/topic,33673.0.html
26 May 2022, 20:39 | Savol-javoblar | 191 | Aqiyda