Horun Yahyo (Adnan Oktar) Massonlikni qabul qildi

Assalomu alaykum hurmatli Shayh Hazratlari. Sizdan Horin Yahyo (Adnan Oktar) nomi bilan islomiy ko‘p kitoblar chiqargan inson haqida so‘ramoqchi edim. Horun Yahyo (Adnan Oktar) 2013 yil Massonlikni qabul qilganini Yutub orqali hammaga namoyish qildi. Shu inson oldin Massonlikni qabul qilmasdan bir nechta islomiy kitoblar yozgandi. O‘sha islomiy kitoblaridan Islom. uz portaliga qarashli saytlarda foydalanish to‘g‘rimikin. Axir Horun Yahyoni islom diniga zarari katta bo‘lishi mumkin-ku. U insonni Yutubda o‘z kanali bor va unda atrofiga yarim yalong‘och ayollarni yig‘volib raqsga tushadi. U inson haqida Yutubda yomon videolar juda ko‘p, o‘z kanaliga bemalol joylagan. Men va yaqinlarim Islom. uz portaliga qarashli saytlardagi maqolalarga ishonamiz, tabiiyki ko‘pchilik ham ishonadi. Ustoz, Horun Yahyoni kitoblarini saytga qo‘yish mumkinmi va bu Horun Yahyoni din olimi desa bo‘ladimi. Savolimda xatoliklar bo‘lsa, avvaldan uzr so‘rayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu ma’lumotlarni tekshirib ko‘rish kerak.

26 May 2022, 20:37 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar