Jin
Assalomu alaykum! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining jinlar mavzusiga oid savol-javoblarini o‘qib savol paydo bo‘ldi. U kishi jin chalgan kishilarni davolash kerak deganlar. Lekin shu jin chalgan kishilarni o‘qiydiganlarning va orqasidan foyda oladigan kishilarni qoralaganlar. Jin chalgan kishilarni qorilar o‘qiganda jin bilan muloqotga chiqishar ekan. “Nega bu odamga tegayapsan, isming nima, maqsading nima” kabilardir. Shunday deyish mumkinmi? Jin chalgan kishilarni o‘qish mumkinmi? U erda Hazratimiz “jinkash” atamasini qo‘llab ketibdilar. Shu “jinkash” atamasiga izoh bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ustozimiz o‘zlarining “Hadis va Hayot” kitoblarining “Tib va Dam” juz’ida ruqiya oyatlarni o‘qish to‘g‘risida ko‘plab hadislarni keltirganlar. “Jinkash”dan murod “momolarim” , “bobolarim” yoki “odamlarim” deb jinlar bilan aloqa qiluvchilarni nazarda tutganlar. Vallohu a’lam.
28 Aprel 2022, 22:07 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar