Erim qay toifada?

O‘sha rus muslima ayolning savolini davomi. Savol ikkitaligi uchun birma bir berilishi kerakligi haqida o‘qigandim. Savol shunday: “Turmush o‘rtog‘im Allohning bittaligini, yaratuvchi va butun borliqni egasi ekanligini biladi, uni taniydi. Xiristian dinini yoqtirmaydi va cherkovga ham bormaydi. Muommo shuki, erim payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vassallamni tan olmaydi. Erim qay toifada?”. Shayx Hazratlari, qimmatli vaqtingizni olganim uchun uzr. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ming afsuski eringiz musulmon emas. Muhammad sollallohu alayhi vasallamni payg‘ambarligini tan olmagan odam musulmon bo‘lmaydi.

26 May 2022, 20:36 | Savol-javoblar | 145 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar