Maniiydan kegin taxorat sinadmi
Assalomu alaykum! Er xotin yaqinlik qilgandan keyin ayol g‘usul qilib, taxorat olib, nomozga tayyorlanib yoki nomoz o‘qiyotgan vaqtida ichiga tushgan maniy oqib tushsa taxorat sinadimi? Agar nomoz o‘qib turgan vaqtida shunday bo‘lsa nomozdan turib boshqatdan taxorat olish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Abu Hanifa va imom Muhammad nazdlarida g‘uslning vojib bo‘lishi uchun maniy o‘z joyidan shahvat bilan qo‘zg‘alishi kifoya qiladi. Garchi chiqishda otilib chiqmasa ham. Shuning uchun bir kishi junub bo‘lganidan keyin biroz uxlab, ichidagi narsa to‘la chiqib ketgunicha yurmasa yoki bavl qilib yubormasidan avval g‘usl qilsa so‘ng maniy chiqsa qayta g‘usl qilish lozim bo‘ladi. Ayol kishi ham eri bilan yaqinligidan so‘ng bavl qilmasidan, biroz uxlamasdan, yoki ichidagi narsa to‘la chiqib ketgunicha yurmasdan g‘usl qilsa, so‘ng uni bachadonidan erning maniysi chiqsa g‘usl vojib bo‘lmaydi. Agar o‘zining maniysi chiqsa g‘usl vojib bo‘ladi. Shunga ko‘ra ayollar o‘z maniysini yaxshilab bilib olishi lozim bo‘ladi. Agar chiqqan narsa oq va quyuq bo‘lsa erkak kishining maniysi, agar sariq va suyuq bo‘lsa, o‘zining maniysi bo‘ladi. Agar ajrata olmasa, bavl qilib yoki ichidagi narsa chiqadigan miqdorcha yurib (ba’zilar qirq qadam degan) yoki biroz uxlab, so‘ng g‘usl qilsin. (Umdatul Fiqh, Bahrur Roiq, Kabiriy, Fathul Qodir kitoblaridan). Bu holda tahorat sinadi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 07:03 | Savol-javoblar | 173 | Tahorat