Topib olingan tilla

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men Rossiyadaman. Bitta bola erkaklarni qo‘lga taqadigan tilla taqinchog‘ini topib olibdi. U bola sotmoqchi, men sotib olib ayollar uzugi qilib sotsam bo‘ladimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Topib olingan narsa birovning mulki hisoblanib, topib oluvchi uni sotishi yoki o‘zi foydalanishi mutlaqo joiz emas. Aksincha egasini topish uchun e’lon berish kerak. Siz undan sotib olishingiz ham halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 22:18 | Savol-javoblar | 185 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar