Tosh va qum tashishdagi ish
Assalomu alaykum! Biz er usti qazilma boyliklarini qazib olishga (daryodan tosh va qum) litsenziyasi bo‘lgan korxonadan tosh va qum olamiz. Shartnomaga ko‘ra bizga ajratilgan xududdan qazib olamiz. Tosh va qumni tashish uchun muljallangan yuk mashinalariga 16,67 kub metr tosh va qum maxsulotlarini tashishga muljallangan, lekin og‘zaki shartnomaga ko‘ra xar bir mashinani 15 kubdan xisoblashga va kun oxirida nechchi moshin bo‘lganini xisoblashga kelishib olganmiz. Xozirda o‘zimiz bilgan xolda yuk mashinalariga 18-20 kub atrofida maxsulot yuklanayapdi. Ushbu oshiqcha qism biz uchun xalolmi? Bazan yuk mashinalari nechchi marta tashishganini xisoblashda adashishadi (xaqiqatda biz ko‘proq olgan xisoblanamiz) xisob faqat bizning foydamizga bo‘lyapdi. Ushbu xolatda ular adashishgan taqdirda bizning foydamizga o‘tgan narsa xisobi qanday qilsak bo‘ladi? Agar ulardan bizga xaq ataylabdan o‘tgan bo‘lsa (biz bilgan xolda) ushbu xaqning qiyomatda xisob-kitobi bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yolg‘on hamma holatda ham yolg‘on bo‘ladi. Ayniqsa bilib turib qilingani bo‘lsa, qiyomatda javobi og‘ir bo‘ladi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 08:04 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yolg‘on hamma holatda ham yolg‘on bo‘ladi. Ayniqsa bilib turib qilingani bo‘lsa, qiyomatda javobi og‘ir bo‘ladi. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 08:04 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar