Fatvo haqida

Shayx Hazratlari Internet saytlaridan birida bir ma’lumotni o‘qib qoldim. Saudiya Arabistoni Butun Dunyoga Fatvo Berish Akademiyasida agar inson 5vaqt namozning bittasini bo‘lsa ham qazo qilsa shu kungi qilgan barcha amallari xabata(bekor) bo‘lur. Shunday ekan umuman namoz o‘qimaydigan insonning qilgan xayrli amallari, ro‘zasi ham, zakot va hatto haji ham qabul bo‘lmaydi deb fatvo berilgan deb yozilibdi. Fatvolardan yana birida svetaforning qizil chirog‘idan atayin o‘tgan inson boshqa yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchilarning haqqini noxaq yegan bilan barobar gunohkor bo‘ladi. Bordiyu katta tezlikda qizil chiroqdan o‘tsa va halokatga duchor bo‘lsa o‘lishini biladigan darajada tez haydasa lekin parvo qilmay baribir qizil chiroqda o‘tib, halokatga uchrab o‘lsa uning janozasi o‘qilmaydi. Chunki u o‘z joniga qasd qilgan inson hukmida bo‘ladi deb yozilgan. Bu ma’lumotlar asoslimi? Iltimos batafsil tushuntirib bersangiz! ALLOH rozi bo‘lsin! ! !
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bunday akademiya borligini bilmayman. Kimdir o‘zi to‘qigan bo‘lsa, ajab emas.

26 May 2022, 21:42 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar