Qoplarni og‘irligi kam chiqadi

Assalomu alaykum! Biz savdogarlar juda ko‘p 25 kiloli maxsulot sotib olamiz. Har bir qopga 25 kg yozuvi bor, ammo ba’zi qoplar kam chiqadi. Biz xaridorlarga sotayotganimizda har bir qopni tortib beramizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tortib berishingiz shart. Kamligini bilib turib 25 kiloga pul olsangiz haqqini egan bo‘lib, qiyomatda albatta o‘ta og‘ir shaklda to‘lashga majbur bo‘lasiz. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 09:39 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar