Beshik to‘yi

Ustoz! Tuyimni ALXAMDULILAX ISLOMIY utkazdik. Kizchali ham bo‘ldim, ammo bizda xunik marosimlar bor. Beshik to‘yi, challadi va shunga uxshashlar. Bola dunyoga kelsa kuyovni kaynonasi kup xarajat qilib beshik olib keladi. Yana shunisi etmaganidek challadi ham qiladi. Idish-tovok, kiyim-kechak, mebel va yana kup narsalar. Men kaynotamni kanday mashakkat bilan pul topayotganlarini bilaman. Ammo bizda boshqa ayollar "xech narsa bilan yoki juda kam narsa bilan challadi" demasliklari uchun qarz olib bo‘lsaham bu marosimlarni utkazishadi. Bu umuman shariatga to‘g‘ri kelmaydi. Men bularni istamasam ham qarshilik kilsamham baribir qilishmokchi. USTOZ! Men bu ishni oldini olish uchun kaynonamga "agar beshik to‘y yoki challadi kilsangiz" kizingizni uyingizga olib kelaman desam bo‘ladimi? Chunki ularni boshqacha gap bilan kaytara olmayman. Yoki indamaymi? Nima qilishsa qilishaverishsinmi? Ma’lumki onamham bu ishimdan norozi bo‘ladilar meni sharmanda qilding deb.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Qaytaring. Boshqa qarindoshlari va gapi o‘tadigan odamlardan yordam so‘rang.

26 May 2022, 22:18 | Savol-javoblar | 173 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar