Azonga qo‘shimcha

Assalomu alaykum! Koronavirus sabab ehtiyot chorasi sifatida masjidlarda jamoat namozlari vaqtincha cheklandi. Masjidlarda aytilayotgan azonlarning "hayya alassolah" qismini o‘rniga bizda ham "Assolatu aloqa buyutikum" deb o‘zgartirib aytilishi kerakmi yoki odatdagi kabi aytilsa aybi yo‘qmi? Ba’zi ahli ilmlar azonning oxirida aytib qo‘yish kerak deyishmoqda? Oldindan rahmat?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buning o‘xshashi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zamonalarida ham bo‘lgan. “Sahihul Buxoriy”da keladi. حَدَّثَنِي نَافِعٌ قَالَ: أَذَّنَ ابْنُ عُمَرَ فِي لَيْلَةٍ بَارِدَةٍ بِضَجْنَانَ، ثُمَّ قَالَ: صَلُّوا فِي رِحَالِكُمْ، فَأَخْبَرَنَا أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يَأْمُرُ مُؤَذِّنًا يُؤَذِّنُ، ثُمَّ يَقُولُ عَلَى إِثْرِهِ: أَلَا صَلُّوا فِي الرِّحَالِ. فِي اللَّيْلَةِ الْبَارِدَةِ أَوِ الْمَطِيرَةِ فِي السَّفَرِ  Nofe’ so‘zlab berdi:
«Ibn Umar sovuq bir kechada Zajnonda* azon aytdi. Keyin: «Namozni maskanlaringizda o‘qinglar!» dedi. So‘ng bizga: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarda sovuq yoki yomg‘irli kechada muazzinga azon aytishni, keyin ortidan: «Hoy, eshitinglar! Namozni maskanlarda o‘qinglar!» deyishni buyurar edilar», deb xabar qildi».
* Zajnon – Makkadan bir barid masofada joylashgan tog‘ning nomi. Imom Zamaxshariyning aytishicha, u bilan Makka orasida yigirma besh mil masofa bor. 1 mil = 1848 metr. (“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!

7 May 2022, 01:43 | Savol-javoblar | 133 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar