Xotinning o‘z puli hisobidan otasining qarzini to‘lash

Assalomu alaykum! Hurmatli sayt tashkilotchilari, avvalo ushbu saytni tashkil etganingiz uchun rahmat. Biz bundan foydalanib ancha tushunmagan masalalarga echim topmoqdamiz. Savolim shuki: Oilada er-xotin ishlasa va ularning topgan mulki umumiy bo‘lsa, xotin o‘z otasi eridan olgan qarzini o‘z ishlab topgan mablag‘i xisobidan uzishi mumkinmi? Dadasi kuyovidan olgan qarzini uzishga qodir emas. Lekin kuyov qaynotasini qarzini qaytarmagani uchun obro‘sizlantirib, xotinigayam qattiq so‘zlarni aytsa, shu vaziyatda xotin otasi obro‘sini saqlash va turli xil gap-so‘zlarning oldini olish uchun eriga bu pulni dadam berdi deb o‘zining jamg‘argan mablag‘idan bersa joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Joiz. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 23:02 | Savol-javoblar | 160 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar