Qurbon Hayitida qabrlarni ziyorat qilsam bo‘lmaydimi?

Assalomu alaykum! Meni bu savolimni berishimdan maqsad ilmsizligim deb bilgaysizlar. Qurbon hayitida turli qurbonliklar qilinib, Hojilarimiz 1 kun avval Arofat tepaligida yig‘iladilar. Mamlakatimizda ham Hayit namozi o‘qilib bo‘lingach barcha yaqinlar, bemorlar va azadorlar xonadoni ziyorat qilinadi. Shu qatori o‘tganlarni haqqiga Qur’on tilovat qilinib qabrlari ham ziyorat qilinadi. Shunda bir gap ko‘p aytiladi, "O‘tib ketganlarni ruhlari ham Haj ziyoratiga ketadi, agar qabrlarini ziyorat qilish uchun oilasidan kimdir borsa Haj ziyoratidan qolib ketadi" degan gap aytiladi. Bu haqida dinimizda nima deyilgan? Bu shunchaki odamlar tomonidan o‘ylab topilgan gap emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu odamlar o‘zlari to‘qib chiqargan narsa. Marhumlar hajga boradi degan gap yo‘q. Vallohu a’lam!

9 Oktabr 2023, 20:51 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar