Kredit olgan odamning namozi haqida

Ustoz mening akam namoz o‘qishni o‘rgangan, sizning kitoblaringizni o‘qigan. Lekin ancha ilmi sayoz odam. 2-3 oylar oldin bankdan kredit olgan ekan, men buni yaqinda bilib qoldim. Men kredit olish harom ekanligini aytdim, biroq akam hech tushunishni hohlamayapti. Ko‘pchilik oladiku deydi, men ko‘pchilik bilmagani uchun oladi dedim, Siz endi bildingiz va kreditni tezda qaytarib tavba qiling desam, sen menga aytding buni qabul qilish yoki qilmaslik meni ishim deydi. Menga bu haqda boshqa eslatma deydi. Juda hafsalam pir bo‘ldi. Ustoz akam to tavba qilmaguncha (kreditni qaytarib berib) namozlari qabul bo‘ladimi? Ya’ni harom amal qilib turib namoz o‘qisa qabul bo‘ladimi? Akamga qanday qilib ta’sir qilish kerak bo‘ladi? Akam uncha muncha gapga tushunmaydigan, ko‘nmaydigan odam.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
 - Haromni halol deb e’tiqod qilsa, ishi chatoq va rasvo bo‘ladi. Haromligini tan olib turib qlisa, katta gunoh qilgan bo‘ladi. Ibodatlari qabul bo‘ladi.  

28 Aprel 2022, 23:13 | Savol-javoblar | 187 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar