12 yillik do‘st

Assalomu alaykum! Alloh menga 2 yil avval xidoyat berdi va men avvalgi ishlarimni tark etdim, shu bilan birga sal kam 12 yillik yaqin do‘stimni xam. U do‘stim bilan kam ko‘rishamiz, xozirda oddiy tanishdaqa bo‘lib qolganmiz desa xam bo‘laveradi. Xidoyatdan so‘ng menga Allohni eslatib turadigan suxbatimizning mavzusi ilm bo‘ladigan yangi do‘slarni toptim va shu do‘stlarim bilan ko‘p vaqtimni o‘tkazaman. Meni qiynagan savol avvalgi do‘stimni tark etganim tog‘rimi, u do‘stim xam namoz o‘qiydi lekin shu bilan chegaralanadi va Allohu a’lam. Qilgan ishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar yaxshi tomonga o‘zgarishiga umid bo‘lsa uni tark etmasdan chiroy uslubda nasihat qiling. Umid bo‘lmasa to‘g‘ri qilibsiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 06:57 | Savol-javoblar | 125 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar