Ota ona qarshiligi

Meni ota onam men uchun juda ahamiyatli bo‘lgan ikki narsada menga qarshilik ko‘rsatishayaptilar: a) Men Samarqand viloyati Urgut tumanida yashayman Jizzaxlik bir qizni yaxshi ko‘rib qolganman va u qizga uylanmoqchi edim, lekin ota onam bunga qarshi chiqayaptilar: uzoq emish, odamlar gapiradi, o‘zimizda qiz qurib qolganmi, serxarajat bo‘ladi kabi gaplar bilan. b) Men ilmimni oshirish uchun diniy kitob sotib olmoqchi bo‘lsam dadam qarshi chiqaveradilar. Pulni bekorga sovirib har xil kitob olib tashlayverma deydilar. Bu holatda men otam menga bergan pulga va o‘z pulimga otamni ruxsatisiz sir tutgan holda kitob sotib olishim mumkinmi? Bunda otamga oq bo‘lib qolmaymanmi? Hazrat bunday holatlarda nima qilay menga maslahat bering iltimos! ! ! Sizga rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Uylanish borasida ota-onani aytganini qiling. Kitob borasida ularning aytganini qilmang.

26 May 2022, 22:33 | Savol-javoblar | 159 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar