MAVLUD UKISh VA MAVLUD MAROSIMLARIDA KATNAShISh
ASSALOMU ALAYKUM VA ROHMATULLOHI VA BAROKATUHU! Muhtaram ustoz! Sizga ayrim savollarim bor edi. Ijozatingiz bilan ularni havola qilaman. Savollarim asosan mavlud masalasida:1. Bizning yurtlarda «Mavludi Nabiy»ning turkiycha laxjadagi kasidasi ukiladi. Mazkur kasidaning muallifi xakida ma’lumot bersangiz. 2. «Mavludi Nabiy»ning turkiycha kasidasida «Xush keldingiz» iborasi kup bora takrorlanadi va bunda mavludni ukiyotgan va eshitayotganlar urinlaridan turishadi. Mazkur amal durustmi? Bu urindan turishning biror xikmati bormi? 3. Sofislom.’om veb saytida kuyidagi makolani ukib koldim. Mazkur makolani xavola kilaman: Ibn Kasir va Ibn Hajar rahimahumalloh mavlidni dinga kiritgan kishi haqida to‘plagan ma’lumotlariDinga mavlidni kirgizgan kishi haqida ulamolar qat’iy aytadiki, bu bid’atni kiritgan kishi Irbil hokimi Muzaffaruddin ibn Zaynuddindir. "Bu kishi isrofgar hukmdor edi. O‘z zamonining ulamolarini bu kishi o‘zining fikri va ijtihodiga asoslangan yo‘lga ergashishlariga va o‘zining mazhabidan boshqa mazhabga yurmaslikka majburlagan. U bir guruh ulamolarni va o‘ziga tobe’larning aksar qismini o‘ziga og‘dirib olgan. Birinchi podshohning tug‘ilgan kunini nishonlash bu kishining odati edi. Bu odamning maqsadi mazkur odatni musulmonlar orasiga kirgizish bo‘lgan" (Ahmad ibn Muhammad al-Misriy, "Qovlul-mu’tamad fiy amalil-mavlid"). Bu kishi Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning tug‘ilgan kunlarini nishonlashga har yili yuz ming (dirham) sarflardi. (Zahabiy, "Duvalul-islom" 11/102)Bu bid’atni kirgizishda uning sohibi va yordamchisi Abul-Xattob Umar ibn Dihya Andalusiy edi. "U Mag‘ribda xizmat qilgan, so‘ng Shomga, keyin Iroqqa safar qilgan. Keyinchalik esa Irbilga 604 h.y. kelib u erning hukmdori Muzaffaruddin ibn Zaynuddin Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning tug‘ilgan kunlarini nishonlashga qattiq berilganligini topadi va u (hukmdor) uchun "Tanvir fiy mavlid al-bashir an-nazir" degan kitobni yozib unga o‘qib beradi. Hukmdor unga bir ming dinor berib uni mukofotlaydi". (Ibn Kasir, "Bidoya va nihoya", 13/144-146.)Ibn Kasir Ibn Dihya haqida as-Sabtdan naql qiladi: "Ibn Unayning xislati musulmonlarga tuhmat qilish va ularni haqorat qilish edi. U ko‘pincha o‘z xabarlarida qo‘shimchalar qilib haddan oshirgan (mubolag‘a qilgan)". Shuning uchun odamlar u rivoyat qilayotgan xabarlarni qabul qilishdan to‘xtashdi va uning yolg‘onchiligi haqida e’lon qila boshlashdi. Komil (ismli hukmdor) esa unga homiylik qilardi. Bu kishining xulqi fosh bo‘lganidan so‘ng u "Dorul-hadis"ni tark qilib va (hukmdorning) homiyligidan mahrum bo‘ldi. (O‘sha manba)Ibn Dihya 542 h.y.da tug‘ilib 635 h.y.da vafot etgan. (Ibn Hajar Asqaloniy "Lisonul-mezon", 4/293)Ibn Najjor aytdi: "Odamlar uning yolg‘onchiligi, zaifligi, eshtimagan narsasini eshitdim deb da’vo qilishiga va yo‘liqmagan kishiga yo‘liqdim deyishiga ittifoq qilishganini ko‘rdim. Buning alomati ochiq-ravshan edi". (Ibn Hajar Asqaloniy "Lisonul-mezon", 4/294.)Ibn Hajar Asqaloniy bu kishi haqida yana shunday so‘zlarni keltiradi: "U yolg‘onchi edi. Ko‘p holda yolg‘on ishlatardi va yolg‘on xabarlarni to‘qish bilan shug‘ullanardi. O‘tgan ulamolar va fuqaholarga ko‘p tuhmat qilgan, og‘ir gaplar gapirgan. O‘ziga bino qo‘ygan, din masalalarini tushunishda mahrum bo‘lgan, dinga kibr bilan qaragan edi". Bu Hofiz Ziyodan hikoya qilindi. Keyin u davom etadi: "Ali bin Hasan Abul-Alo al-Isfahoniy menga aytib berdi Ibn Dihya oldimizga Isfahonga kelib otam bilan honaqohda to‘xtadi. U (otam)ga hurmat ko‘rsatib unga e’tibor bilan qaragan. Bir kuni u otamning oldilariga gilam bilan kelib, gilamni o‘pdi-da, otamning oldilariga qo‘ydi va: "Men bu gilam ustida shuncha ming rakaat namoz o‘qidim va Qur’onni Kaaba ichida bir necha marta xatm qildim", dedi. Otam bu gilamni olib uni o‘pdi va juda xursand bo‘lib uni qabul qilib oldi. O‘sha kunning oxirida Isfahonning bir ahli kelib, biz bilan suhbat boshladi. Suhbatda u birdaniga: "Sizlarda to‘xtagan Mag‘rib faqihi bugun go‘zal gilamni falon narhga sotib oldi" dedi. Bundan so‘ng otam gilamni olib kelishni buyurdi. O‘sha kishi bu gilamni ko‘rib: "Ha, Allohga qasamki, bu o‘sha gilam", dedi. Otam sukut saqlardilar, Ibn Dihya esa ko‘zlarini quyi tushirdi". (Ibn Hajar Asqaloniy "Lisonul-mezon", 4/295) iktibos tugadi.Ustoz bu masalaga oydinlik kiritib bersangiz. 4. Shayx Nosuriddin Alboniy (r.a) mavlud ukishni tankid kilgan ulamolardan xisoblanadi. U zot salafi solixiynlar bu amalni bajarishmaganligini dalil kilib mavlid bid’at sifatida kurgan ekanlar. Ular deydilarki: «Men Alloh dalil tushirmagan so‘zni aytmayman. Men sizlarga faqat Muslim rahimahullohning "Sahih"laridagi hadisni naql qilaman. Abu Qatoda Ansoriydan rivoyat qilinadi, u kishi aytdi: "Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kelib aytdi: "Ey Allohning Rosuli, dushanba kungi ro‘za haqida nima deysiz?" U zot aytdilar: "Bu kunda men tug‘ildim hamda menga shu kuni Qur’on nozil bo‘ldi". Bu gapning ma’nosi nima? Go‘yoki ul zot aytyaptilar: "Qanday qilib mendan u haqda so‘rayapsizlar, valohanki, Alloh meni shu kunda hayotga keltirdi va menga shu kunda vahiy nozil qildi?!" Ya’ni sizlar dushanba kuni Alloh Taolo meni yaratgani va menga unda vahiyni nozil qilganiga shukr qilib ro‘za tutishinglar kerak.Ul zot bizga dushanba kuni ro‘za tutib shukr qilish eshigini ochib qo‘ydilar, chunki bu kunda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam tug‘ildilar va bu kunda ul zotga vahiy nozil bo‘ldi. Endi men sizga savol beraman: biz yaxshilik emasligini bilgan mavlidni nishonlayotganlar, men bilamanki, ularning ko‘pi payshanba ro‘zasini tutgani kabi, dushanba ro‘zasini ham tutishadi, lekin ko‘pchilik musulmonlar dushanba kuni ro‘zasini tutadilar deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, ular dushanba kuni ro‘za tutishmaydi. Lekin ko‘pchilik musulmonlar mavlidun-nabaviyni har yili bir marta nishonlashadi! Bu haqiqatlarni almashtirish emasmi? Anavilarga Alloh Taoloning yahudlarga aytgan so‘zi rost (mos tushadi): "Yaxshilikni past narsaga almashtirasizmi?" (Baqara-61)Mana bu barcha musulmonlar ittifoq qilgan dushanba ro‘zasi yaxshilikdir. Shunga qaramay ko‘pchilik musulmonlar unda ro‘za tutishmaydi!! Ozchilik tutadiganlar esa bu ro‘zaning sirini biladimi? Yo‘q, bilishmaydi.Mavlidni himoya qilayotgan ulamolar qani? Nimaga ular mashru’ bo‘lmagan nishonlash o‘rniga odamlarga dushanba ro‘zasi mavlidni shar’iy nishonlash ekanligini bayon qilishmayapti va unga targ‘ib qilishmayapti?!Alloh Taoloning so‘zi haqdir: "Yaxshilikni past narsaga almashtirasizmi?" Rosululloh sollallohu alayhi vasallam rost aytdilar: "Sizlar albatta oldingilarning yo‘llariga qarichma-qarich, ziro’ma-ziro’ ergashasizlar. Hatto ular echkiemarning iniga kirib ketsa, sizlar ham albatta uning ichiga kirasizlar". Boshqa jiddiy rivoyatda shunday deyilgan: "Hatto ulardan biron kishi onasi bilan yo‘lning o‘rtasida yaqinlik qilsa ham, sizlar ichingizda ham shunday ishni qiluvchi kishi topiladi". Biz yahudiylarning yo‘llariga ergashib ketdik va past narsani yaxshilik o‘rniga almashtirdik: har yili nishonlanadigan asli yo‘q mavlidun-nabaviyni yaxshilik va mashru’ nishonlash bo‘lgan dushanba ro‘zasi o‘rniga almashtirdik. Uning mashru’ligi uning sirini mulohaza qilish bilan bo‘ladi: ya’ni Alloh Taolo Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni shu kunda yaratgani va u zotga shu kunda vahiy nozil qilganiga sizning shukrona bilan ro‘za tutishingizdir.» iktibos tugadi.Ustoz yukoridagi Alboniyning muloxazalariga bizning xanafiy ulamolari kanday javob berishgan. U zotning keltirgan dalillari tugrimi? 5. Mavlud xakidagi savolimga xulosa kilib oxirgi savolim shundan iboratki, Rasulullox (s.a.v)ning siyratlarini yaxshi, puxta urgangan ixlosli musulmon kishi mavlud ukishi yoki mavlud marosimlariga katnashishi joizmi? Buni urniga sunnatga amal kilib, u zot (s.a.v)ga kup salovotlar aytib, ularning siyratlarini urgansa kifoya kiladimi? JAVOB VA E’TIBORINGIZ UChUN TAShAKKUR!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Ma’lumotim yo‘q.2. Bu ixtilofli masala.3. 4. 5. Bu borada mening katta maqolam bor. “Zikr ahlidan so‘rang” silsilasida chop etilgan topib o‘qing.
20 Aprel 2022, 21:08 | Savol-javoblar | 202 | Halol va harom
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Ma’lumotim yo‘q.2. Bu ixtilofli masala.3. 4. 5. Bu borada mening katta maqolam bor. “Zikr ahlidan so‘rang” silsilasida chop etilgan topib o‘qing.
20 Aprel 2022, 21:08 | Savol-javoblar | 202 | Halol va harom